Abon ibn Usmon ( — Abu Saʼid Abon ibn Usmon ibn Affon al-Umaviy al-Madaniy) — faqih, muhaddis, tobeʼin.

Xalifa Usmon ibn Affonning o‘g‘li Abon ibn Usmon Madina shahar voliysi, o‘z davrining imomi, so‘z va rivoyatlari ishonchli hadis roviyi, faqih bo‘lgan.

Faoliyati Abon ibn Usmon otasidan, Zayd ibn Sobitdan hadis eshitgan. Kam hadis rivoyat qilgan. Olimdan Amr ibn Dinor, az-Zuhriy, Abu-z-Zinod va boshqalar rivoyat qilganlar. Molikning aytishicha, Abdulloh ibn Abu Bakrning otasi Abu Bakr ibn Hazm qozilikni Abondan taʼlim olgan. Shamsuddin az-Zahabiy o‘zining „Si­yar aʼlām an-nubalā“ asarida Abon ibn Usmon otasidan rivoyat qilgan hadisni keltirgan. Ushbu sahih hadisni Abon ibn Usmondan Munzir ibn Abdulloh al-Hizomiy va Muhammad ibn Kaʼb al-Quraziylar rivoyat qilganlar. Imom at-Termiziy hadis olingan manbalarni o‘rganib, uni hasan sahih hadis, degan.

Yetti yil Madina shahrida voliylik qilgan. Elchi sifatida xalifa Abdulmalik ibn Marvon huzuriga borgan.

Iqtiboslar Ibn Saʼd o‘z „Tabaqāt“ida aytadi:

Yahyo al-Qatton Madina shahri faqihlari o‘n nafar ekanini taʼkidlab, ularning avvalida Abon ibn Usmon nomini zikr qilgan.

Amr ibn Shuayb Abon ibn Usmonga baho berarkan, shunday degan:

Adabiyotlar

Az-Zahabiy. Siyar. „Muassasa ar-risola“, 1985. IV, 351; Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: „Dor Sodir“, 1968. V, 152; Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 55-56; Salahattin Polat. „Ebân b. Osman b. Affân“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 66-67.

Manbalar

Turkum:Roshidun xalifalarining farzandlari Turkum:Madinadagi Umaviylar hokimlari