Abu-l-Vafo al-Axsikatiy ( — Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy) — tilshunos va tarixchi.
Marvda yashagan. Ibn Abu-l-Manoqib nomi bilan tanilgan bo‘lib, o‘z davrida tilshunoslik va tarix ilmi sohalarida peshvolardan bo‘lgan. Manbalarda Abu-l-Vafo al-Axsikatiy atoqli shoir va arab tilini mukammal bilgan olim sifatida ham taʼriflanadi.
Abu-l-Vafo al-Axsikatiy Axsikatda Abu-l-Qosim Mahmud ibn Muhammad as-So‘fiydan dars olgan. As-Sam’oniy olim bilan bir necha marotaba uchrashgan, lekin uning maʼruzalaridan bahramand bo‘la olmagan. Tarixchilardan Hoji Xalifa olim qalamiga „Kitāb at-tarӣx“ nomli asar mansubligini zikr qilgan.
Adabiyotlar
O. A. Qoriyev. X-XII asrlarda Movarounnahrda fiqh ilmi // Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy. — T.: „Fan“, 2009. 52; O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 29.
Manbalar