Ahmad ibn Abu Said Ahmad ibn Abulxattob Muhammad ibn Ibrohim ibn Ali at-Tabariy al-Buxoriy, al-Kaʼbiy — faqih. Qozi bo‘lgan. U milodiy 1097-yil (hijriy 490-yil) tavallud topgan. Naysoburda hanafiy mazhabi fiqhidan bir necha yil taʼlim olgan. Ahmad ibn Abu Said al-Buxoriy milodiy 1165-yil (hijriy 560-yil)ga yaqin vafot etgan.

Manbalar