Ahmad ibn Ismoil ibn Zaynulobidin ibn Muhammad al-Odiy ibn Zayn ibn Jaʼfar ibn Hasan ibn Abdulkabir al-Barzanjiy, al-Husayniy, al-Musoviy, al-Madaniy (? — milodiy 1914-yil Madinada vafot etgan) — olim. Asarlari „Risola fi manoqibi Umar ibn al-Xattob“ („Umar ibn al-Xattob manoqibi haqidagi risola“) „Maqosidu-t-tolib fi manoqibi Ali ibn Abi Tolib“ („Ali ibn Abu Tolib manoqibini izlovchining maqsadlari“) „an-Nasiha al-omma li muluki-l-islom va-l-omma“ („Islom podshohlari va jamiki hukmdorlarga umumiy nasihat“) „Fatkatu-l-barroz bi-t-tarakkuziyi-l-muʼtaraz ala-l-qozi Ayyoz“ („Qozi Ayyozga kuchli eʼtiroz bildirishga oshiqqan qaldirg‘ochlarning inqirozi“, ushbu asar Muhammad ash-Shanqitiyga javob sifatida yozilgan) „al-Manoqib as-siddiqiya“ („Ishonchli manoqiblar“).

Manbalar