Javod ibn Muharram Ali ibn Qosimat-Torumiy, az-Zanjoniy (1847-yil (hijriy 1263-yil zulqaʼda oyi)da tug‘ilib, 1907-yil (hijriy 1325-yil shavvol oyi)da Zanjonda vafot etgan) usulchi faqih, mutakallim, nahvchi va sarfchi bo‘lgan.
Asarlari „Hoshiya ala-l-qavoniyn“ („Qonunlar hoshiyasi“, ikki jildli); „Muntaxabu-l-ulum fi-s-sarf van-nahv“ („Tanlangan sarf va nahv ilmlari“); „Rabiʼu-l-mujtahidiyn“ („Mujtahidlar bahori“); „Takmilu-l-imon fi isboti vujudi sohibi-z-zamon“ („Sohibi zamon isboti haqida imonning mukammalligi“); „al-Usul al-jaʼfariya fi usuli-ddin“ („Usul Ad-dindagi jaʼfariya usuli“).
Manbalar