CONMEBOL Libertadores, shuningdek Copa Libertadores de América ( nomi bilan ham tanilgan), CONMEBOL tomonidan 1960-yildan beri, har yili oʻtkazib kelinayotgan klublar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqasi. Bu Janubiy Amerika klub futbolidagi eng yuqori darajadagi musobaqasidir. Turnir Lotin Amerikasi mustaqillik urushlari yetakchilari sharafiga Libertadores nomlangan.

Musobaqa tarixi davomida bir nechta formatlarga ega. Dastlab turnirda faqat Janubiy Amerika ligalari chempionlari ishtirok etishgan. 1966-yilgi mavsumdan Janubiy Amerika ligalarida ikkinchi oʻrin egalagan jamoalar ham ishtirok eta boshlagan. 1998-yilgi mavsumda Meksika jamoalari turnirga taklif etilgan va 2000-yildan 2016-yilgacha muntazam ravishda musobaqalarda ishtirok etishgan. 2000-yilda turnir 20 ta jamoadan 32 tagacha kengaytirilgan. Bugungi kunda turnirda har bir mamlakatdan kamida toʻrtta klub qatnashadi, Argentina va Braziliya esa turnirda eng koʻp vakilga ega.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Copa Libertadores on the RSSSF Conmebol Libertadores news at Fox Sports Mexico Copa Libertadores news at ESPN Copa Libertadores at Univision Copa Libertadores at worldfootball.net Copa Libertadores at southamericanfutbol.com (archived)

Turkum:Libertadores kubogi Turkum:CONMEBOL klublar musobaqalari