Tanax (xristianlarda „Qadimgi axd“) — yahudiylik bibliyasiga nisbatan o‘rta asrlarda muomalaga kirgan atama. U o‘zida „Tora“ („Tavrot“), „Naviim“ („Payg‘ambarlar“) va „Ketuvim“ („Kitoblar“)dan iborat uch bo‘lim jamlagan. „Tanax“ nomi esa, mazkur kitoblarning ibroniycha bosh harflarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. U „Kitve kodesh“ („Muqaddas kitoblar“) deb ham yuritiladi. Manbalar

Adabiyotlar