Farhod Nuriddinovich Arziyev – oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2021-yildan Oʻzbekistonning Xitoy va Moʻgʻulistondagi elchisi. 2017—2020-yillarda Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi boʻlgan.

Biografiyasi 1975-yil 5-oktabrda Samarqand viloyati Nurota tumanida (hozirgi Navoiy viloyati) tugʻilgan. Maʼlumoti 1997-yilda Toshkent universitetini tamomlagan.

2000-yilda Buyuk Britaniyaning London universitetini tamomlagan.

2011-yilda AQSh Kentukki Patterson universitetining diplomatiya va xalqaro savdo maktabini tamomlagan.

Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.

Mehnat faoliyati 1997-2000 – Oʻzbekiston milliy axborot agentligi xalqaro yangiliklar boʻlimi muharriri oʻrinbosari.

2002-2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon axborot agentligi yetakchi eksperti.

2004-2008 – Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 1-kotibi.

2008-2009 – Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 1-kotibi.

2012-2014 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

2014-2017 – Oʻzbekiston Respublikasining Olmoniyadagi elchixonasi maslahatchisi.

2017-2020 – Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi. 2019-yil 7-mart kuni Dakka shahridagi „Bangababan“ qasrida Bangladesh prezidenti Abdul Hamidga ishonch yorliqlarini topshirdiBangladesh prezidenti oʻz mamlakatida Oʻzbekistonning islomiy qadamjolariga ulkan qiziqish mavjudligini bildirdi.

2020—2021 – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2021-yildan – Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy, Moʻgʻuliston va Filippindagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Ijodi „Yolgʻizlik ranglari“ sheʼriy toʻplamining muallifiFarhod Arziyev (1975).

Mukofotlari Doʻstlik ordeni (2025).

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonning Nepaldagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Xitoydagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Bangladeshdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Hindistondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Moʻgʻulistondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Filippindagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar