Ravshan Abduvasukovich Teshaboev 1985-yil 27-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi.
Hayoti Ravshan Teshaboev 1985-yil 27-aprelda Toshkent shahrida oddiy ishchi oilasida tugʻilgan.. U yoshligidan doʻstlari bilan hovlida futbol oʻynashni yaxshi koʻrardi, u yerda uni „Sergeli“ klubi murabbiyi nazariga tushgan. Uning birinchi murabbiyi Ortiqboev Qahramon Baxodirovich boʻlgan. 1998-yilda Ravshan Respublika olimpiya zaxiralari maktabiga (RUOR) oʻqishga kirgan. 2002-yilda uni „Paxtakor“ klubi murabbiyilar shatbi futbolchining maxoratiga yuqori baho beradi va shundan soʻng u birinchi professional shartnomaga imzo chekdi. Shu paytdan boshlab uning professional futbolchilik faoliyati boshlanagan.
Futbolchilik faoliyati Ravshan Teshaboev oʻz vatanida „Paxtakor“, „Shoʻrtan“, „Quruvchi“ (hozirgi „Bunyodkor“, „Traktor“ kabi klublarda toʻp surgan. U xorijda — Hindiston va qoʻshni Qirgʻizistonda ham muvaffaqiyatli oʻynadi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Ravshan Teshaboev Sergeli jamoasi safida Oʻzbekiston chempionati ikkinchi ligasida oʻynagan, bir vaqtning oʻzida murabbiylik faoliyati bilan ham shugʻullangan. Oʻzbekistonning top klublarida toʻp suradigan iqtidorli yosh futbolchilar yetishib chiqdi. 2023-yildan Oʻzbekiston Superligasi vakili Termizning „Surxon“ (Termiz) jamoasida ish boshlagan.
Yutuqlar Quruvchi (Toshkent)
Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni — 2006
Shoʻrtan (Gʻuzor)
Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni — 2004-2005
Alay (Oʻsh)
Qirgʻiziston chempioni — 2013 Qirgʻiziston kubogi gʻolibi — 2013 Qirgʻiziston afsonalari kubogi gʻolibi — 2012
Havolalar
https://playersfootball.ru/teshabaev-ravshan/ https://sports.uz/news/view/Podgotovka-rezerva-kak-eto-delaetsya-v-odnom-iz-stolichnyx-klubov https://pfl.uz/ru/players/396 https://diesel.elcat.kg/index.php?showtopic=45653337
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:27-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:Mohun Bagan SG futbolchilari Turkum:Vasco SC futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar