(Abulmahomid) Mahmud ibn Muhammad ibn Dovud al-Luʼluʼiy al-Buxoriy, al-Ifsanjiy (Abulmahomid) (hijriy 627-yil (milodiy 1230-yil) Buxoroda tugʻilgan va moʻgʻul-tatarlarning Buxoroga qarshi jangida hijriy 671-yil (milodiy 1273-yil) qatl qilingan) — faqih, muhaddis, hofiz, mufassir, mutakallim, adib va usulshunos olim boʻlgan.
Asarlari „Sharh ala manzumat-n-Nasafiy“ („Nasafiy manzumasiga sharh“, muallif uni „Haqoiqu-l-manzuma“ — „Manzumaning haqiqatlari“ deb nomlagan); „Husulu-l-maʼmul fil-xilof“ (Nasafiyning xilof ilmi haqidagi „Husulu-l-maʼmul“, yaʼni „Umid qilinganga erishish“ deb nomlangan asari).
Manbalar