Abu Aqo ibn Bahouddin -(XVI asr oxiri XVII asr boshida yashagan) – tarixchi.

Abu Aqo ibn Bahouddin Xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy Maxdumi Aʼzamning nabirasi boʻlib, Abdulazizxon (1540-49 yillar) saroyida kichik davlat lavozimida ishlagan. U bobosiga atab „Jomiʼu-l-maqomoti Maxdumi Aʼzam“ („Maxdumi Aʼzam maqomotlari majmui“) kitobini yozgan (1617-yil). Bu asarda Maxdumi Aʼzamning hayotiga oid maʼlumotlardan tashqari, Movarounnahrning XVI asr 1-yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlarga oid qimmatli maʼlumotlar keltirilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil b.17 .

Adabiyotlar

„Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar

Turkum:Buxoro xonligi tarixchilari