Granitogorsk () — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Merki tumanidagi qishloq. Andas botir qishloq okrugi tarkibiga kiradi. KATO kodi — 315441300. Tarixi 1932-yilda Toshkent geologiya instituti ekspeditsiyasi qalay rudalari koni boʻlgan „Granit tepaligi“ ni oʻrgandi. 1945-yilda kon negizida shaxta, 1947-yilda esa unga biriktirilgan aholi punkti qurilishi boshlangan. Qishloq nomi kon nomidan olingan. Granitogorsk togʻ-kon boshqarmasi Qirgʻiziston konni qayta ishlash kombinati tarkibiga kirgan. 1953-yilda zavod ishga tushiriladi. 1954-yilda Granitogorsk shahar tipidagi aholi punkti maqomini oladiVedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 19 (813), 1954 g.. Ammo 1957-yilda zavod va kon yopiladi. 1961-yilda sobiq zavod bazasida KAZIMS tarkibida Granitogorsk eksperimental-texnologik laboratoriya tashkil etiladi, keyinchalik u eksperimental uslubiy ekspeditsiyaga aylantiriladi. 1990-yillarning boshlarida tugatiladi. Aholisi 1999-yilda qishloq aholisi 1324 kishini (628 erkak va 696 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 1093 kishi (534 erkak va 559 ayol) yashagan. Havolalar Granitogorsk // Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 30 t.] / gl. red. A. M. Proxorov. — 3-e izd. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1969—1978. Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Qozogʻiston aholi punktlari Turkum:Qozogʻiston qishloqlari Turkum:Merki tumani aholi punktlari