Muhammad Arzakiyoniy (arabcha: محمد الارزكيانى — Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Hasan ibn Ali ibn al-Hasan ibn Nasr ibn Boboj al- Arzakiyon al-Arzakiyoniy al-Buxoriy) — Roviy.

Muhammad Arzakiyoniy Buxoro ahlidan boʻlgan. U Arzakiyondan chiqib, Chinga borgan, undan kema orqali Basraga oʻtgan. U yerda Ali ibn Abu Tolib (raziyallohu anhu)dan islomni qabul qilgan. Ustozlari va shogirdlari Buxoroda Sahl ibn Mutavakkil, Sahl ibn Bashr al-Kindiydan va Bagʻdodda Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Bashr ibn Muso al-Asdiylardan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan. Manbalarda Muhammad Arzakiyoniydan oʻgʻli hadis rivoyat qilgani qayd etilgan. Vafoti Muhammad Arzakiyoniy 344/955-yili shaʼbon oyida vafot etganAbdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. 112.. Manbalar

Adabiyotlar Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 26.

Turkum:Islom:Shaxslar