Italiyada turizm–Italiya iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. Italiya milliy statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Italiyaga 65 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu dunyodagi eng koʻp tashrif buyuradigan 5 ta davlatdan biridir. Italiya bankining 2018-yildagi maʼlumotlariga qaraganda, turizm sohasi Italiya YaIMning 5% ulushini tashkil qiladi .

Hozirgi vaqtda Italiyaga turistlarining qiziqishiga madaniyat, oshxona, arxitektura, sanʼat, diniy joylar, suv ustidagi shahar hamda kurortlar sabab boʻlmoqda. Alp va Apennin togʻlarida qishki va yozgi turizm, Oʻrtayer dengizi qirgʻoqlarida esa dengiz turizmi rivojlangan,. Rim 2017-yilda 9,4 million turist tashrif buyurgani bilan Yevropada 3-oʻrinni, dunyoda esa 12-oʻrinni egallagan. Milan esa 6,8 million turist bilan dunyo reytingining 27-oʻrinni band qilgan. Bundan tashqari Venetsiya va Florensiya shaharlari Dunyodagi eng yaxshi 10 ta manzil roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, Italiya dunyoda YuNESKOning madaniy meros obʼyektlari soni eng koʻp boʻlgan davlatdir. Rim imperiyasi davrida, oʻrta asrlarda va Renessansda Italiyadagi koʻplab yodgorliklar barpo qilindi. Mamlakatda 4 mingdan ortiq muzeylar, 85 mingta tarixiy cherkovlar va 40 mingta tarixiy yodgorliklar mavjud. Barcha obʼyektlar Italiya Madaniyat vazirligi muhofazasiga olingan.

Italiyada 1 dan 5 yulduzgacha mehmonxonalar bor. Italiya milliy statistika instituti hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yilda 32988 ta mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda.

Tarixi

Ilk tashriflar Odamlar Italiyaga turli asrlarda kelib turishgan. Biroq, aynan turistik sabablarga koʻra XVII asrdan aristokratlar boshlab berishgan. Rim shahri asrlar mobaynida Buyuk Britaniya, Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyolik odamlarning eʼtibor markazida bo'lgan. Savdogarlar ham Italiyani savdo qilishlari uchun eng yaxshi joy deb bilishgan. Milodiy 476-yili Gʻarbiy Rim imperiyasi qulaganda, Rim shahri endi Yevropaning siyosiy va madaniy markazi maqomini yo'qotgan edi. Shunday boʻlsa-da, Rim shahriga turistlarning oqimi toʻxtab qolmadi, ular Rimga qadimiy ibodatxonalarni, cherkovlarni va shunga oʻxshash binolarni koʻrgani kelishardi. Bu dunyodagi ilk „diniy turizm“ning boshlanishi edi. Renessans davrining eng gullagan davrida yaʼni 16-17-asrlarda Italiya meʼmorchiligini oʻrganish uchun sayyohlar kela boshlaydi. Bunga Inigo Jonsni misol qilib keltirish mumkin.

Grand Tour Turizm sohasi Italiya iqtisodiyotiga XVII asrning ikkinchi yarmida yaʼni Grand Tour boshlanishi bilan taʼsir koʻrsata boshladi. Bunda ingliz boʻlgan yevropalik aristokratlar Yevropaning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishgan . Grand Tour boshlanishiga ramziy maʼnoda Rim-katolik ruhoniysi Richard Lasselsning „Italiyaga sayohat“ kitobining yozilishi asos qilib olingandi. Grand Tour tufayli turizm yanada ommalashdi. Italiya millionlab odamlar uchun orzu shaharga aylangandi.

Grand Tour mobaynida eng koʻzga tashlanadigan shaharlar Florensiya, Siena, Piza, Luka va Toskana edi. Rim shahri ham Grand tourning asosiy manzillaridan biri hisoblangan.

Ommaviy turizm XVII—XVIII asrlar davomida Grand Tour asosan akademiklar yoki aristokratlar uchun xizmat qilgan. Bir manzildan ikkinchi manzilga yetib olish oddiy aholi uchun qimmatga tushishini inobatga olib, 1840-yilda shaharlararo temiryoʻl transporti joriy qilindi. Bu ommaviy turizm tomon tashlangan ilk qadam edi. Amerikaliklar ham temiryoʻl transportidan foydalanib, Venetsiya, Florensiya, Rim, Neapol va Sitsiliya kabi shaharlarni koʻrishga muvaffaq boʻlishdi.

Vaqtlar oʻtib tarixiy obidalarni koʻrish keladigan turistlar soni ancha kamaygan va Italiyaning tabiatini koʻrish uchun kelgan turistlarning salmogʻi oshgan. Dengiz boʻyidagi kurortlar, Liguriya qirgʻoqlari, suv ustida barpo qilingan Venetsiya shahri dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan.

1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida iqtisodiy inqirozlar, siyosiy beqarorlik va bir qancha sabablar tufayli keladigan turistlar salmog'iga ham salbiy taʼsir oʻtkazdi. Bundan tashqari, shu paytda Uzoq Sharq va Janubiy Amerikaning manzilgohlari turizmda yetakchilik qilishni boshladi. Ammo oradan 10 yillar oʻtib, turistlarnig eʼtibor markazi Milan shahriga qaytdi. Shunday qilib, Milan dunyo moda poytaxti deya eʼtirof etildi.

Joylashuvi va iqlimi

Geografiyasi

Italiya Yevropaning janubida joylashgan boʻlib, u ham Gʻarbiy Yevropaning bir qismi hisoblanadi. 35° va 47° shimoliy kenglik va 6° va 19° uzunlik oraligʻida joylashgan. Shimolda Shveysariya, Fransiya va Avstriya bilan chegaradosh. Sloveniya davlati va Alp togʻlari bilan esa suv orqali chegaralangan. Italiya Shimoliy yarimsharning bir qismi hisoblanadi. Mamlakatning umumiy maydoni 301,230 kvadrat kilometrni tashkil qiladi.

Iqlimi

Yarimorolning uzunligi va togʻli hududlarining koʻpligi tufayli Italiyaning iqlimi juda xilma-xildir. Italiyaning shimoliy hududlari (Turin, Milan va Boloniya) nam subtropik iqlimga mos yaʼni nisbatan salqin, oʻrta kenglikdagi Liguriyaning qirgʻoq hududlari va Florensiya janubidagi yarim orollar kontinental iqlimga toʻgʻri keladi.

Sohilboʻyi hududlarida qish yumshoq, yoz issiq va quruq boʻladi, ammo pasttekislik vodiylari yozda juda issiq boʻlishi mumkin. Shimol va janub oʻrtasidagi hududlarda qishda haroratda sezilarli darajada farq boʻlishi mumkin: baʼzi qish kunlarida −2 °C, Rimda 8 °C, Palermoda 20 °C boʻlishi mumkin.

Transport

Italiyaning milliy yoʻl tarmogʻi 6758 km ni tashkil qiladi. Italiya havo transportida yoʻlovchilar soni boʻyicha Yevropada beshinchi oʻrinda turadi, 2011-yilda taxminan 148 million yoʻlovchi yoki Yevropa aholisi sonining sonining taxminan 10%ini tashkil qiladi. Italiyada taxminan 130 ta aeroport mavjud boʻlib, ulardan 99 tasi asfaltlangan uchish-qoʻnish yoʻlaklariga ega.

Statistikalar Davlatlar kesimida turistlarning soni 2019-yilda Italiyaga quyidagi mamlakatlardan turistlar kelishgan. # Davlat Turistlar soni1 12.832.3342 6.092.7503 4.744.4124 3.695.1125 3.167.9606 3.027.3317 2.648.2038 2.243.6219 2.137.76010 1.778.72011 1.593.69212 Boshqa Yevropa davlatlari 1.406.69613 Boshqa Osiyo davlatlari 1.282.92513 1.258.90115 1.133.20016 1.116.84617 1.049.28518 1.006.67319 948.17620 900.50221 797.38122 Boshqa Lotin Amerikasi davlatlari 719.21223 697.40724 631.74825 610.69726 610.11727 605.41528 593.31929 Boshqa Yaqin Sharq davlatlari 537.66930 459.01131 413.51432 410.85733 404.34434 390.78935 Boshqa davlatlar 362.96736 353.27637 330.63838 294.82539 267.36640 242.83641 239.77242 Shimoliy Afrika davlatlari 209.35243 Boshqa Afrika davlatlari 190.34644 168.89445 140.01946 128.44247 110.14748 94.62249 93.27950 83.23651 78.39852 48.01753 43.21654 34.296 Jami turistlar soni 65.010.220

Sayohat davomiyligi Tartib raqam Davlat Sayohat davomiyligi(kun)1 58.699.3962 16.302.9283 13.842.4734 13.674.2635 10.806.5296 10.320.3827 9.520.2388 6.203.9829 5.819.44410 5.789.75511 5.355.90712 4.751.38313 4.127.56714 3.058.53015 2.881.03616 2.824.68617 2.765.25218 2.665.20919 2.544.36220 2.372.89121 2.210.46822 1.815.22323 1.247.39824 903.868 Qoʻshimcha YI davlatlari 17.437.507 Boshqa Yevropa davlatlari 5.311.276 Jami 220.662.684

Turizmga qiziqishning omillari Italiyaga tashrif buyurish uchun juda koʻp omillar mavjud.

Madaniy turizm

Italiya gʻarbiy sivilizatsiyaning bevosita oʻchogʻi hisoblanadiItaly has been described as a „cultural superpower“ by Arab news, the Washington Post, The Australian, the Italian consul general in San Francisco , the former Foreign Affairs Minister Giulio Terzi and the U. S. President Barack Obama .. Italiya asrlar davomida Gʻarb madaniyatida markaziy oʻrinni egallagan va hanuzgacha oʻzining madaniy anʼanalari va sanʼatkorlari bilan tanilgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida bir qator meʼmorlar, rassomlar va olimlarni jalb qilish uchun yodgorliklar, rasmlar, musiqa va adabiyot merosini yaratdilar. Mamlakat dunyoga mashhur bir qancha shaharlarga ega. Rim – Rim imperiyasining qadimiy poytaxti, katolik cherkovi papasining qarorgohi, qayta birlashgan Italiyaning poytaxti va jahon ahamiyatining badiiy, madaniy va kinematografiya markazi edi. Florensiya – Uygʻonish davrining yuragi boʻlib, oʻrta asrlar oxirida sanʼatda katta yutuqlarga erishganZirpolo, Lilian H. The A to Z of Renaissance Art. Scarecrow Press, 2009. pp. 154-156. Web. 16 July 2012.. Milan Italiyaning sanoat va moliyaviy poytaxti va jahon moda poytaxtidir. Oʻrta asrlardan to erta zamonaviy davrgacha boʻlgan yirik moliyaviy va dengiz davlatining sobiq poytaxti boʻlgan Venetsiya oʻzining murakkab kanal tizimi bilan butun dunyodan sayyohlarni oʻziga jalb qiladi, ayniqsa Venetsiya karnavali paytida. Neapol — Yevropadagi eng yirik tarixiy shahar markazi va dunyodagi eng qadimgi doimiy jamoat opera teatri (Teatro di San-Karlo) joylashgan hududdir. Boloniya mamlakatning asosiy transport markazi, shuningdek, dunyodagi eng qadimgi universitet va butun dunyoga mashhur oshxonasiga egaTop Universities World University Rankings Retrieved 6 January 2010 .

Dengizboʻyi turizmi

Oʻrtayer dengizida Italiyani uch tomondan toʻrt xil dengiz oʻrab oladi: sharqda Adriatik dengizi, janubda Ion dengizi, gʻarbda Liguriya va Tirren dengizlari. Orollar bilan birga Italiya 8000 kilometrdan ortiq qirgʻoq chizigʻiga ega.

Dengiz boʻyidagi diqqatga sazovor joylar: Taormina, Algero, Positano, Otranto, Tropea, Porto Santo Stefano, Sirolo, Vieste, Sperlonga, Cesenatico, Sestri Levante, Vasto, Termoli, Maratea, Bibione, Muggia, Amalfi, Atrani, Camogli, Kaposello, Castocellion, Cefalu, Gallipoli, Lerisi, Manarola, Monterosso al Mare, Pisciotta, Polignano Mare, Portofino, Praiano, Ravello, Sciacca, Scilla, Sorrento, Vernazzalar mavjud.

Togʻ turizmi

Italiyada qishki va yozgi togʻ turizmi mavjud. Shimoliy kengliklarda joylashgan boshqa mamlakatlarga nisbatan iqlim unchalik qattiq boʻlmaganiga qaramay, Italiya koʻplab togʻ tizmalari mavjudligi (togʻli hududning ulushi 35% atrofida) tufayli qishki sport bilan shugʻullanuvchi sayyohlarni jalb qila oladi.

Yevropadagi eng baland togʻ tizmasi Alp togʻlarida koʻplab qishki sport turlari va turar joy binolari bilan jihozlangan Apennin togʻlari bor. Shimolda eng mashhur changʻi kurortlari Sestrere, Livigno, Bormio, Ponte di Legno, Dolomitlarda (ayniqsa, Kortina d’Ampezzo), shuningdek Valle d’Aosta (ayniqsa Breuil-Cervinia) da joylashgan .

Hududlar Shimoli-gʻarbiy Italiya

Italiyaning bu qismida koʻplab tarixiy shaharlar mavjud: Turin-Italiyaning ishlab chiqarish poytaxti, Milan- mamlakatning biznes va moda poytaxti va muhim Genuya porti mintaqaning eng mashhur sayyohlik joylaridir.

Aosta, Bergamo, Breshiya, Komo va Mantua kabi boshqa shaharlar ham boy madaniy merosga ega boʻlib, ular mintaqaga tashrif buyuruvchilarni Garda koʻllari (Katullus va Gardone Riviera togʻlari bilan), Komo (Bellagio va Varenna bilan) va Maggiore kabi goʻzal landshaftlar bilan turistlarni oʻziga jalb qiladi. Bundan tashqari hududda Sestriere, Courmayeur, Breuil-Cervinia, Livigno va Bormio kabi muhim changʻi kurortlari mavjud.

Shimoli-sharqiy Italiya Italiyaning bu qismi kanallar bilan toʻlgan Venetsiya shahri, shunindek Verona, Vitsensa, Padua, Trento, Bolzano, Cremona, Bolonya, Ferrara, Parma, Ravenna, Kesena, Rimini va Triest shaharlari kabi bir qancha muhim turistik diqqatga sazovor joylarga ega. Bu hududda Venetodagi Prosesso, Tiramisu, Kotechino va San Daniele kabi vino va taomlarni oʻz ichiga olgan noyob oshxonalar mavjud.

Markaziy Italiya Bu hudud Italiyadagi eng koʻp tashrif buyuriladigan manzil boʻlib, koʻplab mashhur diqqatga sazovor joylarni, shuningdek, landshaftlarni oʻz ichiga oladi. Rim imperiyasidan qolgan moʻjizalari va Kolizey kabi dunyoning eng mashhur diqqatga sazovor joylari aynan shu hududda joylashgan.

Italiya Uygʻonish davrining tugʻilgan joyi hisoblangan Florensiya shahri yaqinidagi Siena, Piza, Aretszo va Luka kabi shaharlar ham boy madaniy merosga ega. Bu hudud oʻzining goʻzal manzaralari bilan mashhur hisoblanib, Italiyaning oʻzidan ham turistlar tashrif buyurishadi.

Janubiy Italiya