Parvona mahallasi (Parvona koʻchasi, 46) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanidagi mahalla. Baratxoʻja, Chinor, Bilimdon mahallalari bilan chegaradosh.

Tarixi 1987-yilgacha Qoʻyliq mahallasi deb atalgan. 1987-yilda mahalla nomi „Parvona“ deb oʻzgartirilgan.

Aholisi Aholisi 2 mingdan ortiq, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq va boshqalar yashaydi.

Binolar Mahalla hududida bolalar bogʻchasi, qandolat sexi, „Moxizarxon“ magazini, choyxona va boshqalar mavjud.

Manbalar

Turkum:Mirobod tumanidagi mahallalar