Yakkatut mahallasi (20-mavze, 23) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Katta Xirmontepa, Xirmontepa, Shuhrat, Boʻrijar hamda Xayrobod mahallalari bilan chegaradosh. 1994-yili Nazroʻz bayrami arafasida Navroʻz mahallasi nomi bilan tashkil qilingan. 2005-yildan Yakkatut deb nomlangan. Aholisi 5 000 kishidan ziyod, koʻp millatli. Mahalla hududida 3 ta maktab, bolalar bogʻchasi, 2 ta kasb-hunar kolleji, 2 ta qoʻshma korxona, 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, novvoyxona, oshxona, dorixona, „Ilonlikota“ jome masjidi bor.

Manbalar

Turkum:Chilonzor tumanidagi mahallalar