Bogʻsaroy mahallasi (Beshchinor koʻchasi, 43) – Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi mahalla. Konstitutsiya, Tepa, Yunus Rajabiy, At-Termiziy, Farovon, Lolazor, Hamid Sulaymon mahallalari bilan chegaradosh. 1993-yilgacha Pedagoglar mahallasi deb nomlangan. 1993—2016-yillarda Turkiston mahallasi deb yuritilgan. Oʻsha yili 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Bogʻsaroy deb oʻzgartirilgan.

2008-yil holatiga koʻra, aholisi 4 270 kishi, koʻp millatli. Mahalla hududida „Oʻzpaxtasanoat“ aksiyadorlik uyushmasining paxtani birlamchi ishlovchi instituti, Grand Mir mehmonxonasi, shahar, viloyat harbiy komissariati, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi mavjud. Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Falastin, Misr, Qatar, Ruminiya, Slovakiya, Mongoliya davlatlarining elchixonasi ham shu mahallada joylashgan.

Manbalar

Turkum:Yakkasaroy tumanidagi mahallalar