Sevinch mahallasi (14- mavze) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla. Yunusota, Oʻzbekiston mustaqilligi, Bobodehqon, Uvaysiy, Begʻubor, Qadrdon, Ahilobod mahallalari bilan chegaradosh. 2005-yil 29-aprelda Yunusota mahallasidan ajralib chiqqan mahallaga Tinchlik nomi berilgan. Aholisi 6 250 kishi, turli millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida oʻrta maktab, bogʻcha-maktab, bolalar bogʻchasi bor.

2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Sevinch deb oʻzgartirilgan.

Manbalar

Turkum:Yunusobod tumanidagi mahallalar