Qatortol mahallasi (9-mavze,17) — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Choʻponota, Koʻtarma, Nafosat, Navbahor mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla hududi ilgari daraxtzor boʻlganligi, ayniqsa, tollar serobligi sababli shunday nomlangan. Aholisi 5 950 kishi, asosan ruslar, shuningdek, 12 millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 23-mehribonlik uyi, oʻrta maktab,2 ta bolalar bogʻchasi, yoshlar markazi mavjud.

Manbalar

Turkum:Chilonzor tumanidagi mahallalar