Mavlono Moniy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiyning maʼlumot berishicha, Mavlono Moniy nihoyatda sohibjamol, chiroyli husnixat va goʻzal nutqqa ega yigit boʻlgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Chu dar sahroi gʻam devonason bo xud fitad changam,

Gahe dar changam aftad sangu gah sang aftad az changam.

(Mazmuni: Gʻam sahrosida devonavor oʻzim bilan oʻzim jang qilaman. Goh toshni changallayman, goh tosh changalimdan tushib ketadi).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik