Mavlono Muqimiy (XV–XVI asr) – hirotlik zullisonayn shoir. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da uning darveshtabiatliligi, tasavvuf istilohlarini yaxshi bilishi, turkigoʻy boʻlgani uchun turkiycha soʻfiyona tarjeʼband yozgani va u ancha maʼqulligini aytib, takrorlanib keluvchi baytini keltiradi:Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin oʻzga vujudda ne mavjud.
“Muhokamat ul-lugʻatayn”da ham uni oʻzigacha boʻlgan isteʼdodli turkigoʻy shoirlar qatorida tilga oladi.Qabri Hirotda.
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik