Mavlono Salomiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Hirot shahri jomeʼ masjidining xodimi ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:In bas az ashki jigargun zi gʻamash hosili man

Ki, ba har qatra kushoyad girihe az dili man.

(Mazmuni: Gʻamingda toʻkkan qonli koʻz yoshlarimdan menga tekkani – uning har bir qatrasi dilimning tugunlarini yechgani boʻldi).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik Turkum:Alisher Navoiy