Mavlono Fanoiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhad shahridan ekanligini aytib, quyi­dagi baytini keltiradi:Mani joʻlida moʻ bo aql az on begonagi doram

Ki, dar ishqi pariroʻye sari devonagi doram.

(Mazmuni: Men sochlari toʻziq, aqldan begonaman, ul parichehra ishqida devonaman).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik