Mavlono Figʻoniy I (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning asl ismi Mir Said ekani, baxshilik, muqovasozlik va oʻymakorlik hunarida mohirligi, baʼzan sheʼr ham yozib turishi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Dame visoli tu az umri

                     jovidon xushtar,

Ba yodi vasli tu xush budam,

           in zamon xushtar.

(Mazmuni: Vaslingga bir dam yetishish abadiy hayotdan yaxshiroqdir; vaslingni eslash bilan shod edim, bu zamon shodroqdurman).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik