Aorta bifurkatsiyasi qorin aortasining chap va oʻng umumiy yonbosh arteriyalariga nuqtasidir. Aorta bifurkatsiyasi odatda 4-bel umurtqasi L4 sohasida chap va oʻng umumiy yonbosh venalarining birlashmasidan biroz yuqorida joylashgan boʻladi.

Oʻng umumiy yonbosh arteriyasi chap umumiy yonbosh venasi oldidan oʻtadi. Baʼzilarda, asosan, bel lordozi boʻlgan ayollarda bu tomir umurtqa pogʻonasi va arteriya oʻrtasida siqilib qolishi mumkin. Bu Cockett sindromi yoki May-Thurner sindromi deb atalib, venoz oqimning sekinlashishiga va asosan homiladorlik paytida chap oyoqda chuqur venoz trombozning kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

Bu ikki yirik arterial qon tomiri – chap va oʻng yonbosh arteriyalari ikkita oyoqni kislorod va ozuqa moddalar bilan taʼminlaydi.

Tananing tashqi sohasida bifurkatsiya taxminan kindik sohasiga toʻgʻri keladi.

Galereya

Manbalar

Turkum:Anatomiya