(Badruddin) Muhammad ibn Hibatulloh ibn Ahmad ibn Maʼallo ibn Mahmud at-Turkistoniy, al-Hanafiy (hijriy 671-yil (milodiy 1273-yil)da tugʻilgan va hijriy 733-yil (milodiy 1333-yil)da vafot etgan) — faqih boʻlgan. Fatvolar chiqargan va ularni tasnif qilgan. U koʻpincha „Tiroziy“ nomi bilan tanilgan, Qohiraga kelib, shu yerda muqim istiqomat qilgan.
Asarlari „al-Irshod fi-l-furuʼ“ („Furuʼ al-fiqh haqida qoʻllanma“); „Tabsiratu-l-asror fi sharhi-l-manor“ (Nasafiyning „Sharhu-l-manor“ asaridagi sirlarning oydinlashuvi"); „Sharh ul-jomiʼi-l-kabiyr“ (Shayboniyning furuʼ al-fiqh haqidagi „al-Jomiʼal-kabiyr“ — „Kattu toʻplam“ asariga sharh"); „Sharhu aqiydati-Tahoviy“ („Tahoviy aqida“siga sharh"); „Manozilu ahli-l-ixtiyor“ („Ahli ixtiyor manzillari“).
Manbalar