Xitoy Xalq banki (xitoycha: 中国人民银行) – Xitoy Xalq Respublikasining markaziy banki boʻlib, Xitoy Xalq banki toʻgʻrisidagi qonun va Tijorat banki toʻgʻrisidagi qonun bilan belgilanadigan mamlakat hududida pul-kredit siyosatini yuritish va moliya institutlarini tartibga solish uchun javobgar organ hisoblanadi. U Xitoy Davlat kengashining Vazirlar mahkamasi darajasidagi ijroiya organidirBecky Chiu, Mervyn Lewis 2006. .

Tarixi Bank 1948-yil 1-dekabrda 3 ta bank Huabey bank, Beyhay bank va Sibey fermer banklarining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Bosh ofisi dastlab Xebey provinsiyasining Shijiazhuang shahrida joylashgan boʻlib, keyinroq 1949-yilda Pekinga koʻchirilgan. 1950—1978-yillarda Xitoy Xalq banki mamlakatdagi yagona bank boʻlib, markaziy bank va tijorat banklari operatsiyalari uchun javobgar edi. Xitoyning materik hududidagi boshqa barcha banklar, masalan, Xitoy banki yoki Xalq banki boʻlinmalari sifatida tashkil etilgan„History of Bank of China“, Boc.cn, Retrieved 2015-11-23. yoki depozit qabul qilmaydigan agentliklar boʻlgan„History“, China Construction Bank webpage. .

1952-yildan 1955-yilgacha davlat-xususiy sheriklik shaklidagi banklarni tashkil qilish uchun davlat aksiyalari xususiy banklarga qoʻshildi, birinchi besh yillik rejaga koʻra, 1955-yildan 1959-yilgacha boʻlgan davrda Xitoy Xalq banki xususiy banklarni toʻliq nazorat qilib, ularni oʻz filiallariga aylantirgan va bu Vladimir Leninning qarashlarga juda oʻxshagan. Sovet Ittifoqining yordami bilan xususiy korxonalarning ulushi va ular bilan sanoat mahsuloti xuddi shunday yoʻldan borib, sovet uslubidagi rejali iqtisodiyotni shakllantirilgan.

Qishloqni rivojlantirish uchun ajratilgan maxsus mablagʻlarni hisobga olmaganda monolit Xalq banki 1978-yilgacha barcha biznes tranzaksiyalari va kreditlarda yetakchilik qilganBecky Chiu, Mervyn Lewis 2006. . Xitoy iqtisodiy islohotlarining bir qismi sifatida Davlat kengashi Xalq bankining tijorat banki funksiyalarini toʻrtta mustaqil, biroq davlat banki sanaladigan banklarga ajratdi – Xitoy sanoat va tijorat banki (ICBC), Xitoy banki (BOC), Xitoy qishloq xoʻjaligi banki (ABC) va Xitoy qurilish banki (CCB). 1983-yilda Davlat kengashi Xalq bankini Xitoyning markaziy banki sifatida faoliyat yuritishini eʼlon qildi.

Chen Yuan 1990-yillar boshida bankni modernizatsiya qilishda muhim rol oʻynadi. Bankning markaziy banki maqomi 1995-yil 18-martda sakkizichi Butunxitoy xalq vakillari kongressining 3-plenumida qonuniy ravishda tasdiqlandi va oʻsha yilgi akt bilan Davlat kengashining boshqa vazirliklariga qaraganda yuqoriroq mustaqillik darajasi berildiBecky Chiu, Mervyn Lewis 2006. . 1998-yilda Xitoy Xalq banki katta qayta qurishdan oʻtdi. Barcha viloyat va mahalliy boʻlimlar tugatilib, Xalq bankining chegaralari mahalliy maʼmuriy chegaralarga toʻgʻri kelmaydigan toʻqqizta hududiy boʻlimi ochildi. 2003-yilda Oʻninchi Butunxitoy Xalq vakillari Kongressining Doimiy qoʻmitasi umumiy moliyaviy barqarorlikni taʼminlash va moliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda Xalq banki rolini kuchaytirish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi.

Boshqaruvi Xalq bankining yuqori rahbariyati rais va maʼlum miqdordagi rais oʻrinbosarlaridan iborat. Xalq banki raisi Butunxitoy xalq vakillari kongressi yoki uning Doimiy qoʻmitasi tomonidan tayinlanadi yoki lavozimidan ozod qilinadi. Bank raisligiga nomzod Xitoy Xalq Respublikasi Bosh vaziri tomonidan koʻrsatiladi va Butunxitoy xalq vakillari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Butunxitoy xalq vakillari kongressi tanaffusda boʻlganda, Doimiy qoʻmita Xalq banki raisligiga nomzodni sanksiya qiladi. Bank raisi oʻrinbosarlari Davlat kengashi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi yoki lavozimidan ozod qilinadi.

Xitoy Xalq banki raisning javobgarligi tizimini qabul qiladi, unga koʻra rais bankning umumiy ishini nazorat qiladi, rais oʻrinbosarlari esa raisga masʼuliyatini bajarishda yordam beradi. Hozirgi rais – Pan Gongsheng. Boshqaruv guruhining rais oʻrinbosarlariga quyidagilar kiradi: Zhu Hexin, Zhang Qingsong, Xuan Changneng, Lu Lei va Tao Ling.

Muayyan darajada mustaqil tarzda ishlagani bilan, Xitoy Xalq banki markaziy bank mustaqilligiga ega emas va siyosiy jihatdan Xitoy Kommunistik partiyasi siyosatini amalga oshirishi talab qilinadi. Bank Kommunistik partiyaning Markaziy moliya komissiyasi direktivasi asosida faoliyat yuritadi. Xalq bankining Kommunistik partiya qoʻmitasi kotibi bankdagi eng kuchli lavozim boʻlib, raisdan koʻra koʻproq vakolatlarga ega boʻlishi mumkin. Hozirgi qoʻmita kotibi Pan Gongsheng hisoblanadi.

Tuzilmasi thumb| Xitoy Xalq bankining Tyantszin filiali, 1949-yilgacha ilgari Markaziy bank Tyantszin filiali binosi boʻlgan, hozirda muhofaza etiladigan meros obyekti. Xitoy Xalq bankining Tyantszin, Shenyan, Shanxay, Nankin, Szinan, Uxan, Guanchjou, Chendu va Sian shaharlarida bittadan 9 ta hududiy boʻlimi, Pekin va Chunsinda 2 ta operatsion idorasi, 303 ta munitsipal boʻlinmasi va 1809 ta tuman filiali darajasidagi kichik boʻlimlari tashkil qilindi.

Uning 6 ta xorijdagi vakolatxonasi mavjud. Amerika uchun Xitoy Xalq banki vakolatxonasi, Yevropa uchun XXB vakolatxonasi (London), XXB Tokio vakolatxonasi, XXB Frankfurt vakolatxonasi, XXBning Afrika boʻyicha vakolatxonasi, XXBning Karib Taraqqiyot bankidagi aloqa idorasi faoliyat olib bormoqda.

Xalq banki 18 ta funktsional boʻlimdan (byurolardan) iborat:

Bosh boshqaruv boshqarmasi Huquqiy ishlar boshqarmasi Pul-kredit siyosati boshqarmasi Moliya bozori boshqarmasi Moliyaviy barqarorlik byurosi Moliyaviy tadqiqotlar va statistika boshqarmasi Buxgalteriya hisobi va gʻaznachilik boshqarmasi Toʻlov tizimi boshqarmasi Texnologiya boshqarmasi Valyuta, oltin va kumush byurosi Davlat gʻaznachilik byurosi Xalqaro boshqarma Ichki audit boshqarmasi Xodimlar boshqarmasi Tadqiqot byurosi Kredit axborot tizimi byurosi Pul yuvishga qarshi kurash byurosi (Xavfsizlik byurosi) XXBning CPC qoʻmitasining taʼlim boshqarmasi

Quyidagi korxona va muassasalar bevosita XXBga tegishli:

Xitoyning Pul yuvishga qarshi monitoring va tahlil markazi XXB Oliy maktabi Xitoy moliya nashriyoti Moliyaviy yangiliklar Xitoy Milliy kliring markazi Xitoy banknotlarini chop etish va zarb qilish korporatsiyasi Xitoy oltin tanga korporatsiyasi Xitoyning moliyaviy kompyuterlashtirish korporatsiyasi Xitoy valyuta savdo tizimi

Mikromoliya Qishloq kredit kooperativlari

Moliyaviy inklyuzivlik XXB moliyaviy inklyuzivlik siyosatini ilgari surishda faol va Moliyaviy inklyuziya alyansi aʼzosi.

Raislar roʻyxati № Ism-familyasi Lavozimga kirishish sanasi Lavozimdan ketish sanasi Bosh vazir Izohlar 1 Nan Hanchen 1949-yil oktabr 1954-yil oktabr Chjou Enlay 2 Sao Juru 1954-yil oktabr 1964-yil oktabr Chjou Enlay 3 Hu Lijiao 1964-yil oktabr 1966-yil Chjou Enlay Madaniy inqilob davrida lavozim bekor qilingan 4 Chen Xiyu 1973-yil may 1978-yil yanvar Chjou Enlay Hua Guofeng 5 Li Baohua 1978-yil yanvar 1982-yil aprel Hua Guofeng Chjao Ziyang 6 Lü Peijyan 1982-yil aprel 1985-yil mart Chjao Ziyang 7 Chen Muxua 1985-yil mart 1988-yil aprel Chjao Ziyang Davlat maslahatchisi (1982—1988) 8 Li Guixian 1988-yil aprel 1993-yil iyul Li Peng Davlat maslahatchisi (1988—1998) 9 Chju Rongji 1993-yil iyul 1995-yil iyun Li Peng Birinchi martabali Bosh vazir oʻrinbosari (1993—1998) 10 Dai Xianglong 1995-yil iyun 2002-yil dekabr Li Peng Chju Rongji 11 Chjou Syaochuan 2002-yil dekabr 2018-yil mart Chju Rongji Ven Jiabao Li Keqiang XXSKK raisining oʻrinbosari Milliy qoʻmita (2013—2018) 12 Yi Gang 2018-yil mart Amaldagi Li Keqiang Partiya boʻlimi kotibi Guo Shuqing qoʻl ostida ishlaydi

Foiz stavkalari Avvallari bank belgilaydigan foiz stavkalari dunyoning boshqa mamlakatlaridagi kabi 25 ga emas, har doim toʻqqizga boʻlinar edi. Lekin, 2010-yil 19-oktabrdan boshlab Xalq banki stavkalarni 0,25 foiz punktga oshirishni boshlaganligi sababli, hozirda bunday emas.

Xalq bankining soʻnggi foiz stavkasi oʻzgarishlari„PBC base interest rate – Chinese central bank’s interest rate“ , Global-rates.com.: Oʻzgartirish sanasi Foiz stavkasi 2015-yil 25-avgust 4,600% 2015-yil 27-iyun 4,850% 2015-yil 10-may 5,100% 2015-yil 28-fevral 5,350% 2014-yil 21-noyabr 5,600% 2012-yil 6-iyul 6,000% 2012-yil 8-iyun 6,310% 2011-yil 7-iyul 6,560% 2011-yil 6-aprel 6,310% 2011-yil 9-fevral 6,060% 2010-yil 26-dekabr 5,810%

Majburiy zaxira stavkasi thumb|305x305px| Xitoyning yirik banklari uchun majburiy zaxira stavkasi XXBning soʻnggi majburiy zaxira stavkasi oʻzgarishlari: Oʻzgartirish sanasi Majburiy zaxira stavkasi Moliyaviy tizim uchun qoʻshimcha naqd pul 2008-yil dekabr 21,0% 2011-yil dekabr 20,5% 350 milliard yuan (55 milliard dollar) 2012-yil may 20,0% 400 milliard yuan (63,4 milliard dollar) 2015-yil fevral 19,5% 600 milliard yuan (96 milliard dollar) 2015-yil aprel 18,5% 1,5 trillion yuan (240 milliard dollar) 2015-yil avgust 18,0% 650 milliard yuan (101 milliard dollar)

Valyuta zaxiralari 2004-yildan boshlab valyuta zaxiralari: Yil & oyXorijiy valyuta zaxiralari (mlrd AQSh dollarida)2004-01415,72004-02426,62004-03439,82004-044492004-05458,62004-06470,62004-074832004-08496,22004-09514,52004-10542,42004-11573,92004-12609,92005-01623,62005-02642,62005-03659,12005-04670,82005-056912005-067112005-097692005-12818,92006-01845,22006-02853,72006-03875,12006-048952006-059252006-06941,12006-07954,62006-089722006-09987,92006-101009,62006-111038,82006-121066,32007-011104,72007-021157,42007-0312022007-041246,62007-051292,72007-061332,62007-071385,22007-081408,62007-091433,62007-101454,92007-1114972007-121528,22008-011589,82008-021647,12008-031682,22008-041756,72008-0517972008-061808,82008-071845,22008-081884,22008-091905,62008-101879,72008-111884,72008-1219462009-011913,52009-021912,12009-031952,72009-042008,92009-052089,52009-062131,62009-072174,62009-082210,82009-092272,62009-102328,32009-112388,82009-122399,22010-012415,22010-022424,62010-032447,12010-042490,52010-052439,52010-062454,32010-072538,92010-082547,82010-092648,32010-102760,92010-112767,82010-122847,32011-012931,72011-022991,42011-033044,72011-063197,52011-073245,32011-083262,52011-093201,72011-103273,82011-113220,92011-123181,12012-013253,62012-023309,72012-0333052012-043298,92012-053206,12012-0632402012-0732402012-083272,92012-093285,12012-103287,42012-113297,72012-123311,62013-0134102013-023395,42013-033442,62013-043534,52013-053514,82013-063496,72013-073547,82013-0835532013-093662,72013-103736,62013-113789,52013-123821,32014-013866,62014-023913,72014-033948,12014-043978,82014-053983,92014-063993,22014-073966,32014-083968,82014-093887,72014-103852,92014-113847,42014-1238432015-013813,412015-023801,52015-033730,042015-043748,142015-053711,142015-063693,842015-073651,31……2017-053053,572017-063056,792017-073080,722017-083091,532017-093108,512017-103109,212017-113119,282017-123139,952018-013161,462018-023134,482018-033142,82

Yana qarang Renminbi, Xitoy milliy valyutasi Hong Kong Monetar boshqarmasi Xitoy Respublikasi (Tayvan) Markaziy banki

Manbalar

Adabiyotlar Stiven Bell va Xui Feng. Xitoy Xalq bankining yuksalishi: institutsional oʻzgarishlar siyosati (Garvard universiteti nashriyoti; 2013) 384 bet; Yaqin tarix; asosiy shaxslar bilan suhbatlardan foydalanadi

Havolalar

Turkum:Markaziy banklar Turkum:Xitoy banklari