Ruslan Abdullayev — birinchi yarim oʻrta vazn toifasida havaskor bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Jahon chempioni (2023), Osiyo chempioni (2022), Oʻzbekiston chempioni (2021), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va respublika turnirlarining koʻp karra gʻolibi.
Hayoti Ruslan Abdullayev 2002-yilda tugʻilgan.
Havaskor faoliyati 2019—2020-yillar 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga kira olmadi. Qozogʻistonga kelib, Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga kirishga urindi va hatto Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibida Qozogʻiston yoshlar chempionatida qatnashdi. Yarim finalda yutqazdi) va yakunda Qozogʻiston yoshlar chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Qozogʻistonda COVID-19 pandemiyasi boshlanganda u ham COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalindi, musobaqalar uzoq muddatga toʻxtatildi. Bu esa Qozogʻistondagi navbatdagi respublika musobaqalarida ishtirok etishiga toʻsqinlik qildi va natijada u Oʻzbekistonga qaytib keldi.
2021—2022-yillar 2021-yil dekabr oyida Oʻzbekiston chempioni boʻldi va Rufat Risqiyev kubogini qoʻlga kiritib, Oʻzbekistonning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
2022-yil noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) 63,5 kg vazn toifasida ilk bor Osiyo chempioni boʻldi. Musobaqaning finalida tajribali hindistonlik bokschi Shiv Thapani magʻlub etdi.
2023-yil Boks boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionati finalida debyut qilgan Ruslan Abdullaev (-63,5 kg) finalda moʻgʻulistonlik Chinzorig Batarsuxdan ustun keldi. 2024-yil 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari
Ruslan Abdullayev 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida meksikalik Migel Ramiresni 5:0 hisobida magʻlub etgan. Chorak finalda Kanada vakili Wyatt Sanfordga qarshi ringga chiqib, 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan va turnirni yakunlagan.
Unvon va mukofotlari Kelajak bunyodkori medali Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi;
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston qozoqlari Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Boks boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari Turkum:Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida bokschilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar