Muhammad Hasan Abdulkarim az-Zanuziy (hijriy 1310-yil shavvol oyining 26-sanasi (milodiy 1893-yil)da vafot etgan) — adib va tabib boʻlgan. Najafda yashagan. Mahdiy an-Najafiy va boshqalardan ilm oʻrgangan. Soʻngra Tabrizga qaytib borib, u yerda to umrining oxirgi kunigacha diniy lavozimda ishlagan. Najafga olib kelinib, „Vodiy as-Salom“ („Tinchlik vodiysi“)ga dafn qilingan.

Asarlari „Kitobu-l-hajj“ („Haj kitobi“); „Mabohisu-l-alfoz“ („Lafzlar haqidagi ilmiy maqola“); „Aslu-l-baroa“ („Ruxsatning asli“); „al-Istisʼhob“ („Hamrohlik“).

Manbalar