Milan Spremo (; 1995-yil 27-aprel, Novi Sad, Serbiya va Chernogoriya) — serbiyalik futbolchi, yarim himoyachi.
Futbolchilik faoliyati Milan Novi Sad shahrining „Voyvodina“ jamoasi safia bir necgta yosh toifasida muvaffaqiyatli harakat qildi. Keyinchalik asosiy jamoa tarkibida 2014-yilgi mavsumda debyutini oʻtkazdi. Spremo Serbiya yoshlar ligasi kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning bir qismi edi. Maʼlum davrda u Petrovac na Mlava shahrining „Sloga“ klubiga ijara shartnomasi asosida oʻtdi va 2013/14-yilgi mavsumning dastlabki qismini Serbiya birinchi ligasida, shu jamoa tarkibida oʻtkazdi. Shuningdek, u Novi Saddan jamoasidan soʻng Proleter klubida ham bir yilni ijarada oʻtkazdi. Voyvodina jamoasidan keyin Spremo faoliyatini Sloveniyaning Selje shahrida davom ettirdi. 2016-yilgi mavsumda Serbiyaga qaytganidan soʻng, u Javor jamoasi tarkibida oʻynadi keyinchalik mavsumning qolgan qismini Voyvodina klubida oʻtkazdi. 2017-yilning avgustida u „Backa Palanka“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Mavsumning qolgan qismini oʻsha yerda oʻtkazdi. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasining „Qoʻqon 1912“ klubiga yoʻl oldi. Qoʻqon jamoasida raqobat kuchli boʻlganligi sababli mavsumning ikkinchi qimsida OFK Bačka jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yil iyul oyi oʻrtalarida u Krushevacdan „Napredek“ ga oʻtdi. Shartnomadagi majburiyat tugagach, 2021/22-yilgi mavsum yakunida u erkin agent sifatida klubni tark etdi. 2022-yil iyun oyida u Banya Luka Borc uchun futbolchiga aylandi.
Milliy terma jamoa Spremo Serbiyaning bir necha yosh toifasidagi jamoalarida toʻp surgan. Murabbiy Velko Paunovich uni 2015-yil davomida yoshlar terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinlariga taklif qildi, ammo u U-20 yoshlar oʻrtasida Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatidaa ishtirok etadigan futbolchilar roʻyxatidan tashqarida qoldi.
Yutuqlar
Voyvodina Serbiya kubogi: 2013–14.
Manbalar
Havolalar
Milan Spremo Transfermarkt saytida Milan Spremo Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FK Vojvodina futbolchilari Turkum:FK Sloga Petrovac na Mlavi futbolchilari Turkum:FK Proleter Novi Sad futbolchilari Turkum:NK Celje futbolchilari Turkum:FK Javor Ivanjica futbolchilari Turkum:OFK Bačka futbolchilari Turkum:FK Napredak Kruševac futbolchilari Turkum:FK Borac Banja Luka futbolchilari Turkum:ŁKS Łódź futbolchilari Turkum:Wisła Płock futbolchilari Turkum:FK IMT futbolchilari Turkum:FK Igman Konjic futbolchilari Turkum:FK Dinamo Jug futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:I liga futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Sloveniya PrvaLiga futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Bosniya va Gersegovina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Sloveniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Polshadagi muhojir erkak futbolchilar