Sardor Abduraimov (; 1994-yil 6-oktyabrda tavallud topgan) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubida markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Hayoti va faoliyati Sardor Abduraimov 1994-yil 6-oktyabrda tavallud topgan. Faoliyatini Mashʼal futbol klubi akademiyasidan boshlagan. 2015-yildan Mashʼal klubi asosiy jamoasi tarkibida maydonga tusha boshlagan. 2016-yil 31-martda, Oʻzbekiston Superligasining 3-turida Bunyodkor jamoasiga qarshi oʻyinda zahiradan maydongga tushib debyut oʻyinini oʻtkazgan. Superligadagi ilk oʻyinida 1 daqiqa harakat qilgan. Muborak jamoasida 4 mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 2019-yil mavsum boshida Qarshining „Nasaf“ jamoasi Abduraimovni Muborak jamnoasidan ijaraga olgan va shartnoma imzolagan. Nasaf jamoasi bir mavsum davomida toʻp surgan va liga oʻyinlarida 25 ta oʻyinda ishtirok etgan.

2020-yilgi mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarkibiga oʻtgan. „Bunyodkor“ jamoasiga oʻtgan davrida butun dunyoda COVID-19 pandemiyasi vujudga kelgan va bu davrda liga oʻyinlari toʻxtatilgan. 2020-yil 11-avgustda „Bunyodkor“ jamoasini tark etgan va „Mash’al“ jamoasi tarkibiga qaytgan.

2021-yil yozgi transfer oynasida Yaypanning „Turon“ jamoasi biln shartnoma imzolagan. Yaypan jamoasida ikki mavsum davomida oʻynagan va 2023-yil 15-iyulda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yil dastlab yanvar oyida Bekobodning „Metallurg“ jamoasini tark etishi mumknligi aytilgan Abduraimov yozgi transfer oynasida Bkobod jamoasini tark etgan. 29-iyulda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtganligi eʼlon qilingan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro lgasida ikkinchi oʻrin: 2018 Oʻzbekiston Pro lgasida uchinchi oʻrin: 2022

Manbalar

Havolalar

Sardor Abduraimov Transfermarkt saytida

Sardor Abduraimov OʻzPFL saytida

Turkum:6-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar