Vladislav Andreyevich Vasilyev (; 1997-yil 10-aprelda tugʻilgan) — qozogʻistonlik professional futbolchi, „Ordabasi“ jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Vladislav Vasilyev Qaragʻandining „Shaxtyor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yilda Qozogʻistonning turli shaharlaridan kelgan 26 nafar yigitlar bilan birgalikda Braziliyaning „Ole Brasil“ akademiyasiga o‘qishga bordi.
2015-yilning mart oyida 17 yoshida „Taraz“ jamoasiga qarshi oʻyinda „Shaxtyor“ jamoasi tarkibida debyut oʻyinini oʻtkazdi. 31-mart kuni u oliy ligadagi ilk golini „Taraz“ klubi darvozasiga kiritdi.
2018-yilda u Belarusning „Energetik-BGU“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U jamoaning mamlakat Belarus premyer-ligasida chempionlikka erishishida yordam berdi. Umumiy hisobda Belorus jamoasida 43 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan.
2019-yilgi mavsum oʻrtalarida u „Dinamo Brest“ klubiga oʻtdi. U asosiy jamoada oʻz oʻrnini topa olmadi. 2020-yilning fevral oyida u Brest shahrining boshqa bor jamoasi Rux klubi tomonidan ijaraga olingandi. 26 ta uchrashuvda yorqin mavsum oʻtkazib, 8 gol urib, 6 golli uzatmani amalga oshirib, muxlislar fikricha jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi .
2021-yilgi mavsum Belorussiyaning „Energetik-BGU“ jamoasidan Oʻzbekiston Superligasi jamoasi, Andijonning „Andijon“ klubi safiga ijara shartnomasi asosida oʻtdi. 2022-yilning dekabr oyida u Energetik-BGU bilan yangi mavsumga tayyorlana boshladi.
Terma jamoada 2013-yilda Qozogʻiston yoshlar terma jamoasi bilan birgalikda u ikkita turnir gʻolibi boʻldi. Qozogʻiston Prezidenti kubogida gʻolib boʻldi va musoboqada eng yaxshi futbolchi deb topildi.
2020-yil oktyabr oyida u Qozog‘iston terma jamoasi safida Millatlar ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasida Belarus bilan safar o‘yinida debyut qilgan.
Yutuqlar
Belarus chempioni: 2019 Qozog‘iston Superkubogi sohibi: 2022
Manbalar
Havolalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:FC Dinamo Brest futbolchilari Turkum:Ruh Brest futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:FC Minsk futbolchilari Turkum:FC Tobol jamoasi futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belorussiyadagi muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari