Nikolay Chipev (; 1989-yil 20-fevralda tugʻilgan; Sofiya, Bolgariya) — bolgariyalik futbolchi. Hozirda „Buxoro“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Faoliyati Nikolay Chipev Sofiyaning SSKA klubi tarbiyalanuvchisi. Chipev professional faoliyatini 2007-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Armiyachilar“ tarkibida u bir mavsum oʻynadi. U yerda 21ta oʻyin oʻtkazdi va birorta ham gol ura olmadi (2008 va 2009-yillarda u „Bero“ va „Sportist“ da ijara asosida harakat qilgan). 2010-yilgi mavsumda Nikolay Chipev Plovdivning "Lokomotiv" klubiga oʻtdi va yerda bir mavsum davomida harakat qildi. 12 oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

2011-yilda u Maltaning Hamrun Spartans klubi bilan shartnoma imzoladi. Hamrun Spartans klubi jamoasi tarkibida Chipev 6 oy oʻynadi va toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi. 2011-yilning ikkinchi yarmida Bolgariyaga qaytib, Montana safiga qoʻshildi. 2012-yilda yana ikki marta klubini almashtirib, „Vidima-Rakovski“ va „Slaviya Sofiya“da oʻynadi. Keyingi 2013—2014-yilgi mavsuda u Bolgariyaning turli ligalarda ishtirok etadigan klublari sharafini himoya qildi.

2014-yilning ikkinchi yarmida u Varnaning „Spartak“ jamoasida harakat qildi. 2015-yil boshida Nikolay Chipev Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safiga oʻtgan. Oʻsha yilning iyul oyida u Oʻzbekistonning boshqa klubi — „Buxoro“ga oʻtdi.

Terma jamoadagi faoliyati 2006-yilda Nikolay Chipev Bolgariya yoshlar terma jamoasidan taklif oldi. 2008-yilda esa Bolgariya yoshlar terma jamoasiga a‘zo boʻldi va yoshlar jamoasida sakkizta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Yutuqlari

2007-08-mavsmda Bolgariya chempioni 2008-yilda Bolgariya Superkubogi sohibi

Manbalar

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:20-fevralda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bolgariyalik erkak futbolchilar Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar