Yattisuv viloyati (, ), Qozogʻiston viloyatlaridan biri. Maʼmuriy markazi Taldiqoʻrgʻan shahri. Umumiy yer maydoni 118,500 km².
Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2022-yil 16-mart kuni viloyat tashkil etilishini eʼlon qildi. Toqayevning 2022-yil 8-iyundagi farmoni kuchga kirgandan soʻng, hudud Olmaota viloyatidan ajralib chiqqan. Viloyatning maʼmuriy markazi Taldiqoʻrgʻan, Olmaota viloyati markazi esa Qoʻnayevga koʻchirildi. 2022-yil 11-iyun kuni Beybit Isabayev viloyat hokimi etib tayinlangan. Viloyat chegaralari taxminan 1997-yilda tugatilgan va Olmaota viloyati bilan birlashtirilgan eski Toldiqoʻrgʻon viloyatiga toʻgʻri keladi.
Maʼmuriy boʻlinishi
Viloyat tarkibiga 8 ta tuman va 2 ta viloyatga boʻysunuvchi shahar kiradi:
Oqsuv tumani – Jansugurov qishlogʻi; Alakoʻl tumani – Usharal shahri; Yeskeldi tumani – Qorabuloq qishlogʻi; Qoratol tumani – Uchtepa shahri; Kerbuloq tumani – Sarioʻzak qishlogʻi; Koʻksu tumani – Balpiq-biy qishlogʻi; Panfilov tumani – Jarkent shahri; Sarqand tumani – Sarqand shahri; Toldiqoʻrgʻon shahri; Tekeli shahri.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston viloyatlari
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari