Andrey Vladimirovich Derkach (; 1985-yil 28-may, Borispol, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik futbolchi, yarim himoyachi.
Tarjimayi holi 1985-yil 28-mayda Borispolda tugʻilgan.
Andrey Derkach „Borisfen“ klubining futbol maktabi bitiruvchisi. Borisfen jamoasi tarkibida u 2003-2004-yillarda Ukraina chempionatida oʻynagan.
Andrey Derkach Ukraina yoshlar terma jamoasida ham oʻynagan. 2005-yilda u 4 ta oʻyin oʻtkazgan.
"Shaxtyor" ga oʻtishdan oldin u Rossiya Premier-ligasi klublarida toʻpgan. 2005-yilda u "Shaxtyor" bilan shartnoma imzoladi. Shaxtyor tarkibida 2005-2006-yilgi Ukraina chempionatida jamoa uchun oʻyin oʻtkazmadi. „Shaxtyor“dagi omadsiz faoliyatidan so‘ng u Ukraina chempionatining Birinchi ligasida bir qator jamoalarda o‘ynadi.
„Zimbru“ (Moldova) jamoasida oʻynagan. Moldova klubi tarkibida u UEFA Yevropa ligasida debyut qildi. Yevropa ligasida jami 4ta oʻyin oʻtkazgan„Andrey Derkach: statistika na Sports.ru“. 2012-yil dekabr oyida Derkach Moldovaning 8 karra chempioni boʻlgan klubini tark etdi.
2013-yilda Derkach Poltava klubi safida Ukraina chempionatining Birinchi ligasida oʻynagan. 2015-2016-yillarda „Qizilqum“ tarkibida toʻp surdi.
2016-yilning avgustida 2014-yilda oʻynagan "Mash’al" jamoasiga qaytadi. 2017-yilda yana „Qizilqum“da oʻynaydi.
Yutuqlari
Ukraina Birinchi ligasi gʻolibi: 2008-2009-yillar Moldova chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-2012-yillar
Manbalar
Havolalar
Turkum:28-mayda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar