Ashina Chechak (yoki Ashina Xotun; milodiy VI—VII asrlar) — islom dini kirib kelishi arafasida Fargʻona malikasi boʻlgan ayol. Kelib chiqishi Ashinlar sulolasiga borib taqaladi. Arablar bosqini davrida Fargʻona vodiysi hukmdori edi. Fargʻona u davrlarda Parkana deb atalgan. Poytaxt Axsikentda (yoki Kosonsoyda) boʻlib, malika mamlakatni shu yerdan turib boshqargan. Shuningdek, bu ayol haqida “Ashina Xotun” nomli xalq dostoni yaratilgani aytiladi.
Manbalar
Turkum:Hukmdorlar Turkum:Malikalar Turkum:Axsikatiylar