Bojan Mališić ( ; 1985-yil 14-yanvar, Kragujevac, Yugoslaviya) — serb futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

Faoliyati Bojan Mališić oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2002-yilda asos solingan „Radnički“ jamoasi tarkibida boshlagan. Radnička tarkibida Mališić 2007-yil boshigacha oʻynagan va shu vaqt ichida u bir yuz yigirmata oʻyinda qatnashib, uchta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2007-yilda unga Serbiyaning yana bir gigant klubi Rad qiziqish bildirgan. Mališić poytaxt jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan va 2010-yil boshiga qadar oʻttiz uchta oʻyinda maydonga tushgan, bu davr mobaynida birorta ham gol muallifiga aylanmagan. Keyinchalik erkin agent sifatida „Yavor“ klubiga oʻtgan. Yavor tarkibida Bojan Mališić oʻn beshta oʻyinda bir mavsum oʻynagan va gol ura olmagan. 2010-yil oxirida u „Yavor“ bilan shartnomasini bekor qilib, Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan va Qarshining "Nasaf" klubi bilan shartnoma imzolagan. Futbolchini „Nasaf“ga yangi tayinlangan murabbiy Anatoliy Demyanenko taklif qilgan.

„Nasaf“ tarkibida Bojan Mališić asosiy tarkibda oʻzining ajralmas oʻrnini egallab, birin-ketin chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2011-yilda u oʻz jamoasi bilan Osiyodagi ikkinchi muhim turnir — AFC kubogida gʻolib chiqgan. Shuningdek, „Nasaf“ bilan Oʻzbekiston vitse-chempioni va Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylangan. 2011-yildan 2012-yil oʻrtalariga qadar „Nasaf“ bilan oʻttiz oltita oʻyinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan.

2012-yilning yozida u Ukraina Premyer-ligasida oʻynagan „Hoverla Ujgorod“ bilan shartnoma imzolagan. Hoverla tarkibida Mališić bir yarim mavsum oʻynagan va yigirma beshta oʻyinda qatnashib, bitta gol urgan.

2014-yil boshida u Gonkongga koʻchib oʻtgan va mahalliy klub, Saut China bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlari

„Nasaf“

OFK kubogi sohibi: 2011-yil Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi: 2011-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:14-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Persib Bandung futbolchilari Turkum:Indoneziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Filippindagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hong Kongdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Liga 1 (Indoneziya) futbolchilari Turkum:Filippin futbol ligasi futbolchilari Turkum:Hong Kong Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:FC Hoverla Uzhhorod futbolchilari Turkum:FK Rad futbolchilari Turkum:FK Javor Ivanjica futbolchilari Turkum:FK Radnički 1923 futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar