Lev Ivanovich Rovnin (2-noyabr 1928-yil, Termiz — 29-oktyabr 2014-yil Moskva) — sovet neft geologi va davlat arbobi, RSFSR geologiya vaziri (1970—1987), RSFSRda xizmat qilgan geolog. Tyumen viloyatidagi eng yirik gaz konlarini ochish va qidirishdagi ulkan yutuqlari uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1968-yil) unvoni bilan taqdirlangan.

Tarjimai holi 1928-yil 2-noyabrda Oʻzbekiston SSRning Termizdatavallud topgan. 1951-yilda Saratov universitetining geologiya fakultetini tamomlagan. 1951—1953-yillarda Ievlevskaya burgʻulash partiyasi va Pokrovskaya neft qidiruvi kollektori, katta geologi lavozimida faoliyat olib borgan. 1953—1958-yillarda „Tyumenneftegeologiya“ trestining bosh geologi lavozimida faoliyat yuritgan. 1958—1966-yillarda bosh geolog, Tyumen geologiya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. U Yuriy Ervi bilan Surgut va Nijnevartovsk neft qidiruv ishlarini Novosibirsk geologiya boshqarmasidan turib topshirishga muvaffaq boʻldi. 1960-yilning qishida geofizik maʼlumotlar Megion koni atrofida koʻtarilganligini koʻrsatdi. 1961-yil mart oyida Megion koni topildi (Samotlor neft konining bir qismi).

1967—1970-yillarda u neft va gazni qidirish bosh boshqarmasi boshligʻi, RSFSR Geologiya vazirligi hayʼati aʼzosi boʻlib faoliyat olib borgan. 1970—1987-yillarda RSFSR geologiya vaziri lavozimiga tayinlangan. 1987—1992-yillarda RSFSR Oliy Kengashining maslahatchisi, bosh mutaxassisi, 1993-yildan „Rosshelf“ OAJ boshqaruvi raisining bosh mutaxassisi, maslahatchisi boʻlgan. I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining dengizda neft va gaz konlarini oʻzlashtirish kafedrasida dengiz geologiyasi fanidan talabalarga maʼruza oʻqib bergan. Lev Rovnin Butunrossiya faxriy geologlar tashkilotini tuzgan va unga rahbarlik qilgan. U 2014-yil 29-oktyabrda Moskvada vafot etdi va Kotlyakovskiy qabristoniga dafn qilindi.

Oilasi

Xotini (1951-yildan) — Lidiya Vasilyevna Rovnina (qizlik familiyasi Suyetnova; 1927-yil 14-noyabr, Perevesinka — 2010-yil 6-aprel, Moskva). Saratov universitetining biologiya fakultetini tamomlagan. Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1994-yil; dissertatsiya mavzusi — „Gʻarbiy Sibir mezozoyining neft va gaz konlarining palinologiyasi“). 40 yil davomida u Yonuvchan qazilmalarning geologiyasi va rivojlanishi institutida palinologik guruh rahbari, stratigrafiya va palinologiya sektori mudiri bo‘lgan. Qizlari: Olga (1952-yilda tavallud topgan) va Natalya (1959-yilda tavallud topgan).

Lidiya Vasilyevna Rovninaning ukasi va singlisi — Suyetnova Klera Vasilyevna va Suyetnov, Vitaliy Vasilyevich ham oʻz hayotlarini geologiya bilan bogʻladilar. K. V. Suyetnova geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, noyob yerlar boʻyicha mutaxassis, "Nijnevoljskgeologiyasi"ning ixtisoslashtirilgan ommaviy qidiruvlar partiyasini boshqargan va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. V. V. Suyetnov — geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi; Maxachqalʼadagi SSSR Fanlar akademiyasi Dogʻiston boʻlimining Geologiya institutini boshqargan.

Mukofotlar va unvonlari

1964-yil — Gʻarbiy Sibir pasttekisligining neft va gaz salohiyati istiqbollarini ilmiy asoslash va Berezovskiy gazli mintaqani kashf etgani uchun Lenin mukofoti 1964-yil — Lenin ordeni 1968-yil — Sotsialistik Mehnat Qahramoni va Lenin ordeni 1971-yil — Mehnat Qizil Bayroq ordeni 1974-yil — Urengoy konining kashfiyotchisi 1976-yil — Mehnat Qizil Bayroq ordeni 1978-yil — RSFSRda xizmat koʻrsatgan geolog unvoni.

Tashkilotlarga aʼzolik faoliyati

KPSS Tyumen shahar qoʻmitasi aʼzosi. Tyumen viloyat kasaba uyushmalari kengashi aʼzosi.

KPSS 24, 25, 26 va 27-syezdlari delegati aʼzosi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Xotirasi

2017-yil — Tyumendagi koʻcha va maydonga Lev Ivanovich Rovnin nomi berildi. 2019-yil — Moskvada 1988-2014-yillarda u yashagan uyga yodgorlik lavhasi oʻrnatildi.

Manbalar

Adabiyotlar

Фатеев А. Лев Ровнин: «Без геологии у страны нет будущего» // Тюменские известия : газета. — Тюмень, 2008. — 12 ноября. Фатеев А., Глотова С. Главный геолог, последний из могикан // Тюменские известия : газета. — Тюмень, 2008. — 1 ноября. Книга к 90-летию Л. И. Ровнина на сайте ВНИГНИ. 2018. Жизнь геолога. К 90летию со дня рождения Льва Ровнина // Журнал НГС. 2018. Рождение гиганта // Нефтяник Западной Сибири. № 21. 1 июня, 2020 Буксина Ольга. Счастливый геолог. — Москва: Недра, 2018

Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:29-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Termizda tugʻilganlar Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:2-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya) Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʻzolari