Umidjon Sharipov (; 1992-yil 4-sentyabr; Tojikiston) – tojikistonlik futbolchi, yarim himoyachi. 2013-yildan Tojikiston terma jamoasida ham oʻynamoqda. Mamlakatining yoshlar terma jamoasida oʻynagan.
Faoliyati
Umidjon Sharipov Qoʻrgʻontepadagi oʻsmirlar sport maktabida futbol boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik Qoʻrgʻontepaning „Vaxsh“ klubi yoshlar jamoasida oʻynay boshlagan. 2012-yilgacha ushbu klubda toʻp surgan va oʻsha yili Dushanbening „Istiqlol“ klubiga oʻtgan. 2016-yil boshiga qadar „Istiqlol“ da toʻp surgan, soʻngra Vaxshga qaytgan. 2017-yil boshida Oʻzbekistonning Muborak shahri „Mash’al“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
2012-yildan buyon Tojikiston yoshlar terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2013-yilning avgust oyida Hindiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor Tojikiston terma jamoasiga chaqirilgan. Terma jamoa safida oʻyinga tushgan, lekin maydonda oʻynamagan. 2014-yilda Sharipov ikki marta Estoniya va Belarus terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda oʻz mamlakati terma jamoasiga chaqirilgan boʻlsa-da, yana murabbiylar maydonga qoʻyib yuborilmagan va zaxirada qolgan. Terma jamoadagi debyutini 2015-yilning iyun oyida Bangladeshga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyingi yillarda muntazam ravishda Tojikiston terma jamoasiga chaqirilib turgantransfermarkt.com – Umedjon Sharipov.
Yutuqlari Tojikiston chempioni: 2014, 2015 Tojikiston chempionatining kumush medali sovrindori: 2013 Tojikiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2012 Tojikiston kubogi sohibi: 2013, 2014, 2015 Tojikiston kubogi finalchisi: 2012 Tojikiston Superkubogi sohibi: 2014, 2015 Manbalar
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari