Ahmad Narzullayev (1956-yil 15-mart; Surxondaryo viloyati, Denov tumani – 2024-yil 1-noyabr, Oʻzbekiston) – Fermer, Oʻzbekiston qahramoni, Mehnat shuhrati ordeni sohibi.
Tarjimai holi Ahmad Narzullayev 1956-yil 15-martda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tugʻilgan. 1979-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Ahmad Narzullayev boshchiligidagi „Lochin“ fermer xoʻjaligi 2000-yilda Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan „Tashabbus“ koʻrik-tanlovida faol ishtirok etgan. Shu yili „Lochin“ fermer xoʻjaligi viloyat bosqichida dehqon, fermer va tadbirkorlar oʻrtasida 1-oʻrinni egalladi. Ushbu koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Ahmad Narzullayev esa koʻrik-tanlovning „Saxovatli tadbirkor“ laureatlik diplomi va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlangan. „Tashabbus – 2001“ koʻrik-tanlovida Ahmad Narzullayevga „Intizomli soliq toʻlovchi“ laureatlik diplomi berilgan.
2020-yilning 14-dekabr kuni Ahmad Narzullayev qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan Surxondaryoda boʻlib oʻtgan bayram yadbirida qatnashgan va tadbir davomida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
Vafoti Ahmad Narzullayev 2024-yil 1-noyabrda 68 yoshida vafot etgan.
Oʻzbekiston qahramonining vafoti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quydagicha taziyanoma yoʻlladi.
Mukofotlari 2001-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan. 2003-yilda Oʻzbekiston qahramoni unvoni berilgan.
Manbalar
Adabiyotlar