Qirol George oroli (Angentin ispancha: Isla 25 de Mayoʻ', Chili ispancha: Isla Rey Jorge, ruscha: Ватерлоо) — Janubiy Shetlend orollarining eng yirigi boʻlib, Janubiy okeanda Antarktida qirg'og'idan 120 kilometr masofada joylashgan. Orol Britaniya imperiyasi qiroli George III nomiga qoʻyilgan.

Geografiyasi thumb|Admirallik koʻrfazi Qirol George orolida uchta asosiy koʻrfaz mavjud boʻlib, ular Maxwell koʻrfazi, Admirallik koʻrfazi va Qirol George koʻrfazidir. Admirallik koʻrfazida uchta fyord mavjud va bu koʻrfaz Antarktida shartnomasining Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha protokoli boʻyicha Antarktida maxsus boshqariluvchi hududlaridan biri sifatida himoya qilinadi.

Tarixi Orol dastlab Britaniya tomonidan 1819-yil 16-oktyabrda rasman da'vo qilingan, 1908-yilda Britaniya tomonidan Falkland orollari hududlari bilan birgalikda anneksiya qilingan va bugungi kunda orol alohida maqomdagi Britan Antarktida hududlaridan biri hisoblanadi. 1940-yilda orol Chili tomonidan Chili Antarktida hududlarining bir qismi sifatida da'vo qilingan. Orol shuningdek Argentina tomonidan ham Argentina Antarktida hududlarining bir qismi sifatida da'vo qilingan va bugungi kunda orol Argentinaliklar tomonidan Milliy bayram kuni (25-may) sharafiga Isla Veinticinco de Mayoʻ' deb ataladi. Qoʻshma Shtatlar va Rossiya hech bir davlatning Antarktidaga boʻlgan da'vosini tan olmaydi va oʻzlarining Antarktidaga nisbatan da'vo qilish huquqlarini rasman saqlab kelishmoqda.

Orol 1819-yilda britan sayohatchisi Wiliam Smith tomonidan kashf etilgan va oʻsha davrdagi Britaniya qiroli George III sharafiga Qirol George oroli deb nomlangan. Orol uzunligi 95 km, kengligi 25 km va maydoni 1,150 kvadrat kilometrdir. Orol yuzasining 90 % dan ortig'i abadiy muzlik bilan qoplangan. 1821-yilda, Lord Melville kemasining 11 dengizchisi birinchilardan boʻlib orolda qishlab qolishga muvaffaq boʻlishgan va ular ayni paytda birinchi bora Antarktidada qishlashga muvaffaq boʻlgan insonlar hisoblanadi.

Oroldagi hayot Orolning qirg'oq hududlarida nisbatan turfa xil oʻsimliklar va hayvonlar istiqomat qiladi va ular qatoriga dengiz fili, Ueddel tyuleni va dengiz qoploni kabi sut emizuvchilarni, Adeli pingvini, Antarktida va gentu pingvinlarini misol keltirish mumkin. Boshqa bir necha turdagi dengiz qushlari, masalan skualar va janubiy gigant boʻronqushlar yoz oylarida orolda polapon ochishadi.

Inson faoliyati thumb|Bellingshausen stansiyasi atrofidagi qirg'oq boʻyida chiqindi uyumlari Chililik olimlar Admirallik koʻrfazida olib borilgan qazishma ishlariga tayanib oldin ham orolga amerikalik hindular tashrif buyurushganini da'vo qilishgan, biroq ashyoviy dalillar - ikki oʻq uchlari - keyinchalik manzilga joylab qoʻyilgani aniqlangan.

Qirol George orolidagi inson faoliyati AQSH, Argentina, Braziliya, Chili, Janubiy Koreya, Peru, Polsha, Rossiya, Urugvay va Xitoy davlatlariga tegishli ilmiy-tadqiqot stansiyalarining faoliyati bilan cheklanadi. Bu stansiyalarning koʻpchiligida muntazam tadqiqotchilar faoliyat olib boradi va ularda biologiya, ekologiya, geologiya va paleontologiya kabi sohalarda tadqiqot olib boriladi. Fildes yarim orolidagi Chili stansiyasi hisoblanmish Presidente Eduardo Frei Montalva bazasi kichik manzilgoh koʻrinishida boʻlib, unda aerodrom (yirik angar va havo nazorat minorasi), ba'zaning bir necha agentliklari xodimlari uchun yemakxonalar, bank, pochta boʻlimi, shuningdek farzandli oilalar uchun rancho uslubidagi qulay xonadonlar mavjud. Chili (Argentina va Buyuk Britaniya kabi) butun Antarktida yarim oroli va Janubiy Shetlend orollarini oʻzining hududi deb hisoblaydi. Lekin Antarktida shartnomasi shartlari Chiliga oʻz da'volarini amalga oshirmasdan shunchaki Fildes yarim orolini koloniyalashtirish imkonini beradi, xolos.National Geographic, 2001-yil, dekabr. Xitoyning Buyuk Devor stansiyasida esa ichki koʻp maqsadli xona mavjud boʻlib bu toʻla hajmli basketbol zali vazifasini ham oʻtaydi. left|thumb|Xitoyning Antarktidadagi birinchii bazasi, Buyuk Devor stansiyasi qurilishi, 1985-yil yanvar.thumb|Collins gleysheri, Qirol George oroli2004-yilda Rossiyaning Bellingshausen stansiyasi yaqinida Pravoslav cherkoviga qarashli Troitsa cherkovi ochildi. Dunyodagi eng janubiy kengliklardan birida joylashgan va Antarktidadagi oz sonli muqim binolardan biri boʻlmish ushbu cherkovda bir rohib toʻliq shtatda xizmat koʻrsatadi.

2013-yil oktyabr oyida Amerika heavy-metal bandasi Metallica The Coca-Cola Company kompaniyasi homiyligida Carlini stansiyasi heliportida konsert oʻtkazishini e'lon qildi. Freeze 'Em All nomli konsert 2013-yil 8-dekabr kuni Argentinaning Carlini bazasida 120 kishi tomoshabinligida boʻlib oʻtdi.

Antarktida materigida qotillikka boʻlgan birinchi urinish 2018-yilda Rossiyaning Bellingshausen stansiyasida sodir boʻldi.

Yoz oylarida oz miqdorda turistlar ham orolga tashrif buyuradi va Antarktik marafon deb ataluvchi yillik marafonda ishtirok etishadi.

Fildes yarim oroli orolning janubi-g'arbiy qismida joylashgan 7 km uzunlikdagi yarim orol boʻlib, bu nom Britaniya Antarktida joy nomlari qoʻmitasi tomonidan 1960-yilda yaqinda joylashgan Fildes boʻg'ozi bilan bog'liq ravishda berilgan. thumb|Chili bazasi Frei (oʻgnda Rossiya bazasi Bellingshausen) Arctowski stansiyasidagi Point Thomas mayog'i esa dunyodagi eng janubiy hududda joylashgan mayoqdir.

AQSHning Milliy Okean va Atmosfera Administratsiyasi orolda Lenie bazasini yuritadi. Soʻzlashuvda Copacabana deb nomlanuvchi ushbu kichik stansiya Admirallik koʻrfazida pingvinlarni fasliy tadqiq etish bilan shug'ullanadi va Antarktidada faqat yoz oylarida ish olib boradi. Qishda esa favqulodda vaziyatda boshpana binosi vazifasini bajaradi.

Iqlimi Antarktida yarim oroli va uning yaqinidagi orollar Antarktidadagi eng moʻtadil iqlimli hududlardir. Orol iqlimi atrofni oʻrab turgan okeanlarning kuchli ta'siri ostida. Köppen iqlim klassifikatorida orol Antarktidadagi muzlik emas, tundra iqlim zonasi sifatida tasniflangan oz sonli hududlardan biridir. Havo haroratidagi oʻzgarish keskin emas va eng sovuq oy, iyulda oʻrtacha havo harorati -6.5 °C ni tashkil qilsa, eng issiq oyda 1.5 °C ni tashkil qiladi. Orolda yiliga atigi 591.3 quyoshli soatlar boʻladi va qor, yomg'ir yoki doʻl yog'uvchi orol iqlimi odatda bulutli va boʻronlidir. oʻrtacha hisobda orolga yiliga 729 mm yog'in yog'adi.

Manbalar

Adabiyotlar

A.G.E. Jones, "Captain William Smith and the Discovery of New South Shetland", Geographical Journal, Vol. 141, No. 3 (1975-yil noyabr), 445–461-betlar. Alan Gurney, Below the Convergence: Voyages Toward Antarctica, 1699–1839, Penguin Books, New York, 1998 Revista de la Asociación Geológica Argentina 62 (1): 35–43-betlar (Ispancha) E. Serrano. Espacios protegidos y política territorial en las islas Shetland del Sur (Antártida). Boletín de la A.G.E. N.º 31 – 2001, 5–21-betlar. (Ispancha)

Turkum:Antarktida Turkum:Orollar