Nurjan Sultamuratovich Matjanov (1974-yil 21-mart, Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR) — qoraqalpogʻistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, dotsent. Biografiyasi Nurjan Matjanov 1974-yil 21-martda Nukus shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati qoraqalpoq. Maʼlumoti oliy. Hozirda Nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti dotsenti. Ilmiy faoliyati 2018-yili 20-dekabrda „Uzluksiz taʼlim tizimida kvant tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishda izchillik“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan va pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Nurjan Matjanov „Uzluksiz taʼlim tizimida kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishda izchillik“ monografiyasi, „Fizika oqytyoʻ metodikasy“ darsligi, „Kvant fizikasin oqitiw metodikasi“ oʻquv-metodik qoʻllanma, „Yarimoʻtkazgichlar fizikasini oʻqitishning zamonaviy asoslari“ oʻquv-uslubiy qoʻllanma, „Astronomiya kursininʼ uliwma astronomiya moduli ushin maʼseleler toplami“ oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. 2022-yili 7-dekabrda Toshkent davlat pedagogika universitetida „Pedagogika oliy taʼlim tizimida oʻqitilayotgan kvant nazariyasining metodologik va didaktik asoslari“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. Manbalar

Turkum:Qoraqalpogʻiston olimlari Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari Turkum:Dotsentlar