Siddiq Qahhorovich Qahhorov (1952-yil 10-oktyabr, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi Siddiq Qahhorov 1952-yil 10-oktyabr Gʻijduvon tumanidagi Toshrabotcha qishlogʻida tugʻilgan. 1969—1974-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tamomlagan. 1974—1976-yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti „Umumiy fizika“ kafedrasi laboranti va oʻqituvchisi, 1976—1978-yillarda Moskva shahridagi N. E. Bauman nomidagi Oliy texnika universiteti stajyor-tadqiqotchisi, 1979—1981-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-texnika instituti aspiranti, 1982—1985-yillar Buxoro davlat pedagogika instituti fizika fakulteti dekani muovini, dekani, 1992—1996-yillarda Buxoro davlat universiteti „Nazariy va qattiq jismlar elektronikasi“ kafedrasi mudiri, dotsent, 1996—1997-yillarda Buxoro davlat universiteti ichki nazorat inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi hamda „Qattiq jismlar elektronikasi“ kafedrasi mudiri, 1997—2001-yillarda Buxoro davlat universiteti monitoring va ichki nazorat inspeksiyasi prorektori hamda „Kasb-hunar taʼlimi“ kafedrasi mudiri, 1996—1997-yillarda Buxoro davlat universiteti ichki nazorat inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi hamda „Qattiq jismlar elektronikasi“ kafedrasi mudiri, 1997—2001-yillarda Buxoro davlat universiteti monitoring va ichki nazorat inspeksiyasi prorektori hamda „Kasb-hunar taʼlimi“ kafedrasi mudiri, 2001—2002-yillarda Buxoro davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va marketing xizmati prorektori, 2002—2006-yillarda Buxoro davlat universiteti oʻquv ishlari prorektori, 2006—2014-yilarda ilmiy ishlar prorektori, 2009—2010-yillarda Buxoro davlat universiteti rektori, 2014—2022-yillarda Buxoro davlat universiteti kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, 2014—2017-yillarda Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashi aʼzosi boʻlib faoliyat koʻrsatdi. 2014-yildan Buxoro davlat universiteti professori. Oilasi Oilali, 4 farzandi bor. Ilmiy faoliyati 2006-yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Ilmiy izlanishlari davomida 350 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 2 patent, 11 mualliflik guvohnomasi, OOʻMTVning grifi asosida 2 darslik, 12 oʻquv qoʻllanma, 38 oʻquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy qoʻllanma, 8 monografiyalari chop etilgan. 278 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. 2006-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoni berilgan. 2019-yilda „Kombinatsiyalangan gelioquritgich“ nomli ixtirosiga Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan patent olgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Buxoro davlat universiteti professorlari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari