Kobe masjidi (神戸モスク, Kōbe Mosuku) 1935-yil oktyabr oyida Kobe shahrida ochilgan va u Yaponiyadagi birinchi masjiddir. Uning qurilishi 1928-yildan 1935-yilda ochilgunga qadar Kobe Islom Qo‘mitasi tomonidan yig‘ilgan xayriya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Masjid 1943-yilda Yaponiya Imperator dengiz floti tomonidan musodara qilingan. Biroq, u bugungi kunda ham masjid sifatida faoliyat yuritmoqda. U Kobening Kitano-cho tumanida joylashgan. Masjid 1945-yilda Kobening aksariyat shahar tumanlarini vayron qilgan havo hujumlaridan omon qoldi va 1995-yilda Buyuk Xanshin zilzilasiga bardosh bera oldi. Masjid Kobening eng mashhur sayyohlik joylaridan birida joylashgan bo‘lib, u ko‘plab eski g‘arbiy bino uslublarni o‘z ichiga oladi Penn, M. "Islam in Japan," Harvard Asia Quarterly Archived 2007-02-02 at the Wayback Machine Vol. 10, No. 1, Winter 2006., retrieved February 26, 2007.

Masjid anʼanaviy hind-islom uslubida butun Yaponiya boʻylab bir qator gʻarbiy diniy binolar meʼmori boʻlgan chex meʼmori Yan Iosif Shvagr (1885–1969) tomonidan qurilgan. So‘nggi yillarda Yaponiyada 110 dan ortiq masjid mavjud Agakhan third was a major contributor and then East Pakistan Prime Minister met Emperor of Japan to discuss the building of a mosque and Emperor was gracious enough to offer a land for its construction.Kobe Mosque Official Website Archived 2007-01-20 at the Wayback Machine - "History", retrieved February 26, 2007. Manbalar

turkum:islom tarixi turkum:islom arxitekturasi turkum:masjidlar Turkum:Yaponiya