Spaanse Water – Curacao orolida joylashgan shaharcha. U Nieuwpoort sayyohlik kurortini, Santa Barbara qishlogʻini, va Tafelberglarni oʻz ichiga oladi. Spaanse Water – Willemstadning sharqida joylashgan tabiiy bandargoh ham hisoblanadi.

Tarixi left|thumb| Fort Beekenburg (2010) Spaanse Water strategik jihat muhim joy boʻlgan. 1703-yilda Caracas koʻrfazida tabiiy portni va Willemstadning orqa yoʻlini himoya qilish uchun Fort Beekenburg qurilgan. Qal’a oʻsha paytda Curacao direktori boʻlib ishlagan Nikolaas van Beek tomonidan qurilgan. U bir necha bor fransuzlar, inglizlar va qaroqchilarning hujumiga uchragan, ammo hech qachon zabt etilmagan . Qal’a Royal Dutch Shell kompaniyasiga tegishli boʻlgan. 2005-yildan to hozirgi vaqtcha u hamma uchun ochiq hisoblanadi. thumb| Spaanse Waterdagi neft terminali Santa Barbara 1662-yilda tashkil etilgan plantatsiya boʻlib, oroldagi eng qadimgi va eng katta plantatsiyalardan biri hisoblanadi. Bu unchalik katta foyda keltimagan va 1875-yilning yanvarida sotib yuborilgan. Keyinchalik plantatsiya 1875-yilning may oyida Jon Goddenga qayta sotiladi, u yerda katta hajmdagi fosfat konini ishga tushiriladi .1915-yilda bu yerga kalsiy koni ham qoʻshiladi. Konlar hali ham faol va kompaniya kon zahiralar 2045-yilgacha tugamasligini taxmin qilgan . 1927-yilda Royal Dutch Shell Spaanse Waterda neft terminalini quradi. 2005-yilda ushbu terminal yopiladi

XX asr oxirida Spaanse Water sayyohllar uchun joyga aylantiriladi. Ular uchun Nieuwpoort, Jan Thiel va Santa Barbara Beach & Golf kurortlari tashkil etiladi.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Bandaribadagi aholi punktlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari