Stanislav Malikov (1960-yil 25-oktyabr ) — sovet futbolchisi, hujumchi ampluasida oʻynagan.
Tarjimayi holi Futbolchilik faoliyati SSKAning bolalar va oʻsmirlar maktabi bitiruvchisi, yoshlar oʻrtasida Moskva chempioni (qishki mavsum). 1970-yillar oxirida oʻynagan, klubda samarali oʻyinlari bilan ajralib turgan. Yuqori Sovet ligasining 1979-yilgi mavsumida futblochi atigi 2 ta oʻyin oʻtkazib, Tbilisining „Dinamo“siga 1 ta gol urgan. 1980−1982 va 1985-yilgi mavsumlarda quyi ligada oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati 1982-yilda Moskva viloyatidagi davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. 1986−2003-yillarda Moskva shampan vino zavodining jismoniy tarbiya jamoasida murabbiy, 2003−2008-yillarda „Reutov“, Yegoryevskning „Saturn“, „Luch-Energiya“, „Nika“ klublarida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 2008-yilda Oliy murabbiylar maktabini tamomlab, C litsenziyasini olgan, shundan soʻng „Torpedo FShM“ maktabida bolalar murabbiyi boʻladi. Manbalar
Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:25-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari