Avram Barokas (1926-2003-yillar)da yashab oʻtgan. U Börek laqabi bilan tanilgan basketbolchilardan biri hisoblanadi. Avram Barokas turkiyalik xalqaro basketbolchi, murabbiy va ot poygasi ishqibozlaridan biri boʻlgan.

Karyerasi Barokas Beshiktosh JK ning erkaklar basketbol boʻlimida jamoa oʻyinchisi sifatida basketbol oʻynashni boshlagan hamda u yerda oʻynab yurib, 13 yoshida katta jamoaga oʻtgan. Shundan soʻng u Galatasaroy va Beyogʻlu SK jamoalari ostida Istanbul Basketbol Ligasida gʻolib boʻlib, jamoasini turnir jadvalidagi oʻrnini yuqoriga koʻtarilishiga oʻz hissasini qoʻshgan.

Barokas Turkiya nomidan xalqaro musobaqalarda jami 23 ta o‘yin o‘tkazgan. U EuroBasket 1949-yildagi musobaqasida munosib tarzda qatnashib, Turkiya jamoasi turnirni 4-oʻrinda yakunlagan. Shundan soʻng, u EuroBasket 1951-yilda Turkiya terma jamoasida ishtirok etgan hamda Turkiya jamoasi 6-oʻrinni egallagan.

Basketbol karyerasidan so‘ng, Turkiyadagi ot poygalarida ham qatnashgan. U otlarga juda ham qiziqar edi. Shundan soʻng u Turkiya Jokey klubi boshqaruv kengashi a'zosi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Barokas Istanbulning Bakırkoʻy shahrida turk-yahudiy ota-onalari Reyna va Samuel Barokas oilasida tavallud topgan. Ulus xususiy yahudiy litseyida tahsil olgan ( ). Avram Barokas 1952-yilda Suzet Meyoxas bilan oila qurgan hamda er-xotin 1952–yilda Cina ismli qizini dunyoga keltirishgan. Avram Barokas 2003-yil 4-iyulda vafot etgan. Uning dafn marosimi Neve Shalom sinagogasida boʻlib oʻtgan hamda u Ulus yahudiy qabristoniga dafn qilingan.

Merosi Turkiya Jokey klubi har yili “Avram Barokas derbisi”ni tashkil qiladi.

Manbalar

Turkum:2003-yilda vafot etganlar Turkum:1926-yilda tugʻilganlar