Emil Rinatovich Kenzhesariyev (, 1987-yil 26-mart, Bishkek) – qirgʻizistonlik / qozogʻistonlik futbolchi, oxirgi marta Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aktobe“ klubida himoyachi sifatida oʻynagan. 2010-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida oltita gol urib, eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasining sobiq aʼzosi.
Futbolchilik faoliyati Emil 2003-yilda Bishkek Olimpiya jamoasi tarkibida Qirgʻiziston chempionatida debyut qilgan. „Abdish-Ata“ (Kant) klubiga oʻtib, 2004-yilda mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2005-yil yanvar oyida „Norin Dordoy-Dinamo“ tarkibida 2005-yilgi Hamdoʻstlik chempionlari kubogida ishtirok etgan. 2005-yilning 22-mayidan 4-iyuniga qadar Xoshimin shahrida (Vyetnam) futzal boʻyicha boʻlib oʻtgan VII Osiyo chempionatida Emil va Qirgʻiziston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib borgan. 2005-yilda Bishkekdagi oʻrta maktabni tugatib, oʻsha yilning yozida Olmaotaga koʻchib oʻtgan. Qozogʻistondagi dastlabki mavsumini birinchi ligasining „Sesna“ jamoasida oʻynagan.
2006—2007-yillarda Qozogʻiston oliy divizionining „Astana“ klubida oʻynagan va jamoa bilan 2006-yilda Qozogʻiston chempioni boʻlgan (barcha 30 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan).
2008-yildan 2013-yilgacha „Aktobe“ jamoasida oʻynagan. Aqtoʻbe jamoasi bilan uch marta Qozogʻiston chempioni boʻlgan (2008—2009 va 2013). 2008-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston kubogi va ikkita Superkubogi (2008 va 2010) sohibi boʻlgan.
2009-yilda u Qirgʻiziston fuqaroligini Qozogʻiston fuqaroligiga oʻzgartirgan. 2012-yil yanvar oyida u Rossiya Premyer-ligasining „Rostov“ klubi bilan mavsum oldi mashgʻulotlarda qatnashganUroven Kenjisarieva ne ustroil Balaxnina, ammo yakunda jamoaga mos kelmagan. 2012-yil amsvum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolaganKenjisariev stal futbolistom „Bunedkora“ . Ammo bor yoʻgʻi 6 ta oʻyin oʻtkazib, yozda yana Aqtoʻbega qaytgan.
Terma jamoadagi faoliyati 2005-yilda Qirgʻiziston yoshlar terma jamoasi tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga bitta gol urganViktor Xoxlyuk: „Nashi futbolnie legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Москва. – 2018. – str. 99. ISBN 978-5-604-10716-4.
Qirgʻiziston terma jamoasi safida 3 ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazganEmil Kenjisariev: „Ya uje neodnokratno govoril, chto xotel bi vistupat v sbornoy Kazaxstana“. Intervyuda Emil Qozogʻiston terma jamoasida oʻynashni xohlashini tan olgan. Ammo Emil boshqa terma jamoada oʻynagani uchun oʻynay olmaganEmil Kenjisariev: „Vot tak i poluchaetsya, chto ya igrok bez sbornoy“.
Futbolchiga hujum UEFA Yevropa Ligasining saralash bosqichida gʻalaba qozongach, qisqa muddatli taʼtil olgan. Emil taʼtilni Olmaota va Qirgʻizistonda oʻtkazish niyatida edi. 2013-yilning 10-avgustidan 11-avgustiga oʻtar kechasi Kenjisariyev Olmaota shahridagi Jambil va Abilayxon koʻchalari kesishmasida hushsiz holatda topilgan. 2013-yilning 11-avgustida Qozogʻistonning Olmaota shahrida Kenjesariyevga hujum qilingan va koma holatida kasalxonaga yotqizilgan. Qozogʻiston matbuotida uning boshidan jarohat olgani uchun operatsiya qilingani, komada qolgani, ammo ahvoli yaxshilanib borayotgani aytilgan. Oxir-oqibat, u sentyabr oyi oxirida kasalxonadan chiqqan„Kenzhesariev discharged from hospital“. Qozogʻiston chempionatining 23-turidan oʻrin olgan barcha oʻyinlarda Emilning tezroq sogʻayib ketishini tilagan bannerlar osilgan.
Murabbiylik faoliyati 2017-yil oktabr oyida Kenjisariyev Qirgʻiziston Respublikasi futbol federatsiyasining Futbol markazida murabbiylik kursini tamomlab, bolalar va oʻsmirlar jamoalarida murabbiy sifatida ishlash huquqini beruvchi „D“ murabbiylik litsenziyasi sohibi boʻlgan.
Yutuqlar
Jamoaviy Qozogʻiston chempioni (4): 2006, 2008, 2009, 2013 Qozogʻiston kubogi gʻolibi : 2008 Qozogʻiston Superkubogi gʻolibi (2): 2008, 2010
Individual Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi (1): 2004 Qozogʻiston Premer-ligasining 33 ta eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (1): 2011
MDH kubogi eng yaxshi toʻpurari: 2010 (6 gol)
Manbalar
Havolalar
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:26-martda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:FC Jenis klubi futbolchilari Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:FK Olmaota futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonda yilning eng yaxshi futbolchisi