Safiye Simay Karaman (1991–yil 11-martda tugʻilgan) – turkiyalik professional basketbolchilardan biri hisoblanadi. U Turkiya ayollar milliy basketbol jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Safiye Simay Karaman 19910–yil 11-martda Turkiyaning Istanbul viloyati Bakırkoʻy tumanida tavallud topgan.

2017–yil 5-iyunda u Galatasaroy erkaklar basketbol jamoasi sardori Göksenin Koksal bilan unashtiriladi. Sakkiz yillik birgalikdan keyin er-xotin 2018–yil 7-iyulda turmush qurishadi hamda ular 2020–yil 26-mart kuni u Ayaz ismli oʻgʻil koʻrishadi.

Sport karyerasi

Klubi Karaman yetti yoshida Galatasaroyda basketbol oʻynashni boshlagan. Keyin u Istanbul universiteti SK yoshlar, oʻsmirlar va ayollar jamoalarida oʻynagan. 2011 va 2013–yillar oraligʻida u „Orduspor“ safida Turkiya ayollar basketboli ikkinchi ligasida (TKB2L) uch mavsum yaʼni 81 marta oʻynagan. Unga oʻn yildan ortiq vaqt davomida Alper Durur murabbiylik qilgan. 2014–2015–yilgi mavsumda u Turkiya ayollar basketbol ligasining (TKBL) yangi „Basketbolu Geliştirme Derneği“ (BGD) jamoasida oʻynagan. U 2015–2016–yilgi Ayollar Basketbol Superligasi (TKBSL) mavsumini BGD jamoasi bilan boshlagan, ammo 2015–yilning noyabr oyi oxiriga kelib, Turkiya ligasida oʻynaydigan Shimoliy Kiprning Yaqin Doğu universiteti jamoasiga oʻtgan. Shundan soʻng 2016–2017–yilgi mavsumda u Turkiyada Girne Amerika universitetining Shimoliy Kipr basketbol jamoasida ham oʻynab, jamoadoshlari orasida yaxshi natija koʻrsatgan basketbolchilardan biri boʻldi.

Simay Karaman baland boʻyli sportchi boʻlib, u oldinga pozitsiyada oʻynaydi.

Xalqaro Simay Turkiyaning 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy basketbol terma jamoasiga qabul qilingan hamda 2007–yilda Latviyaning Valmiera shahrida boʻlib oʻtgan FIBA 16 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, jamoasi orasida eng yetakchisi boʻlgan.

U Turkiya ayollar milliy basketbol jamoasiga chaqirilgan va EuroBasket Women 2017 uchun tayyorgarlik oʻyinlarida ishtirok etgan. Lekin u chempionatda ishtirok etmaganligini koʻrishimiz mumkin.

2017–yil holatiga koʻra, Simay Karaman 85 marta Turkiya terma jamoasi formasini kiygan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar