Özlem Türeci (1967-yil 6-mart, Siegen ) – nemis immunologi, tadbirkor, akademik, olim va ishbilarmoni. Saraton tadqiqotlari boʻyicha tajribali tadqiqotchi Türeci BioNTech biotexnologiya kompaniyasining asoschilaridan biri va bosh shifokoridir. U Saraton Immunoterapiyasi Assotsiatsiyasi prezidenti boʻlib ham ishlaydi va Maynsdagi Yoxannes Gutenberg universiteti da maʼruzalar oʻqiydi. Türeci asos solgan kompaniya Ganymed Pharmaceuticals hozirda Yaponiyaning Astellas kompaniyasiga tegishli shuba korxonasi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

2021-yilning avgust oyida u turmush o‘rtog‘i Ug‘ur Shahin bilan birgalikda 14 milliard yevro boyligi bilan Germaniyaning eng boy 10 kishlari orasida 8-o‘rinni egalladi. Shuningdek, u Forbes jurnalining “Dunyoning 100 ta eng kuchli ayoli 2021” roʻyxatida 48-oʻrinni egalladi.

Hayoti U 1967-yil 6-martda G‘arbiy Germaniyaning Reyn-Vestfaliya shtatidagi Siegen shahrida Istanbuldan kelgan turk muhojir oilasda tug‘ilgan. Uning otasi katolik shifoxonasida jarroh boʻlib ishlagan. Otasi ishlagan kasalxonada bemorlarga qaraydigan rohibalarga qoyil qolgan Türeci koʻp madaniyatli muhitda oʻsgan. Intervyularidan birida u oʻzini " Prussiya turki" deb taʼriflagan.

Türeci bakalavriat taʼ'limini Saarland universiteti da tamomlagan. U 2001-yilda Maynsga koʻchib oʻtdi va Mayns universiteti kasalxonasida immun tizimini oʻzgartirilgan genetik kodlar bilan saratonga qarshi kurashishga qaratilgan tadqiqotlar olib bordi. U 2001-yilda Uğur Şahin bilan birga asos solgan kompaniyada faoliyatini davom ettirdi va kompaniyaga turkcha “ganimet” so‘zidan ilhomlanib “Ganymed” deb nom berdi. U 2002-yilda Turkiyadan kelgan hamkasbi Ug‘ur Shahinga turmushga chiqdi. Er-xotin immunitet tizimi va saraton hujayralarini oʻrganishni birgalikda davom ettirdi.

Ganymed 2016-ilda Yaponiyaning Astellas farmatsevtika kompaniyasiga sotilgan. 420 million yevro qiymatidagi ushbu savdo Germaniya tibbiyot sohasida oʻsha kunga qadar eng yuqori savdo boʻldi. Bu savdo Özlem Tureci va Ugʻur Shahin juftligini Germaniyadagi eng boy odamlar qatoriga qoʻshdi.

Türeci 2008-yilda turmush oʻrtogʻi Uğur Şahin va avstriyalik immunolog va onkolog Kristof Xuber bilan BioNTech kompaniyasiga asos solgan. 2018-yilda Türeci kompaniyaning bosh shifokori bo‘ldi. 2020-yil holatiga koʻra 1300 nafar xodimga ega boʻlgan kompaniya dastlab saraton kasalligini davolash boʻyicha immunoterapiya ustida ishlagan. 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi paydo boʻlishi bilan kompaniya koronavirusga qarshi vaktsina topishga kirishdi. Özlem Türeci SARS-CoV-2 ga qarshi vaktsina ishlab chiqish tadqiqotlarida yetakchi rol oʻynadi. Vaksinani ishlab chiqishda BioNTech bilan hamkorlik qilgan AQShning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi 2020-yil 9-noyabr kuni COVID-19 vaktsinasini ( BNT162) ishlab chiqarilganini eʼlon qildi va u 90% muvaffaqiyatga erishdi. Mukofotlari 1995-yilda Germaniya Gematologiya va Onkologiya Jamiyatining Vinchen Tserni mukofoti va 1997-yilda "Kalogero Pagliarello tadqiqot mukofoti" ni oldi. Türeci, turmush oʻrtogʻi Uğur Şahin bilan birgalikda, Financial Times jurnalida “2020-yil odami” deb tanlandi. 2021- yil 10-mart kuni Bilkent universiteti rektori Abdulla Atalar Özlem Türeci va Uğur Shahin ga universitet vasiylar kengashi va senatining roziligi bilan faxriy doktor unvonlari berilishini eʼlon qildi. 2020-yil dekabr oyida Türeci va uning turmush o‘rtog‘i Uğur Shahin mRNK vaktsinasi va Covid-19 ga qarshi olib borgan ishlari uchun Axel Springer SE tomonidan “2021 Honor mukofoti”ga loyiq deb topilgani e’lon qilindi. 2021-yil 19-martda Türeci va uning turmush oʻrtogʻi Uğur Shahin vaktsina sohasidagi ishlari uchun Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandilar. Bellevyu saroyida boʻlib oʻtgan marosimda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Angela Merkel ham ishtirok etdi. 2021-yil 13-oktabrda Türeci va uning turmush o‘rtog‘i Uğur Shahin bilan birgalikda Gretsiyaning “Empress Theophano mukofoti” bilan taqdirlandi. Manbalar

Turkum:1967-yilda tugʻilganlar